Davlat statistika qömitasi Özbekiston Respublikasi viloyat markaziy dehqon bozorlarida ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarning minimal-maksimal narxlari töğrisida ma'lumot berdi. Ma'lumot 2019 yil 4 yanvar holatiga (1 kg. sömda) taqdim etilgan.
Ma'lum bölişiça, mol göştining eng qimmati Çirçiqda - bir kilogramm uçun 52 ming söm. Eng arzon - Nukusda (26 ming söm).
Qöy göştining eng qimmati Toşkentda - 46,6 ming söm. Eng arzoni - Jizzaxda - 28 ming söm. Şuningdek, poytaxt kartoşka (3,7 ming söm), piyoz (1,9 ming söm), sabzi (3,4 ming söm), tuxum (7,8 ming söm - 10 donasi), guruç (19,6 ming söm) narxi böyiça «yetakçi»ga aylandi.
Şu bilan birga, Toşkentda ba'zi mahsulotlarning narxi eng arzon hamdir. Masalan, poytaxtda nafaqat eng qimmat kartoşka, balki eng arzoni ham bor - 1,2 ming söm. Piyoz narxida ham şuni kuzatiş mumkin - 500 söm.
Eng arzon sabzi Namanganda - 900 söm, guruç - Gulistonda (4 ming söm), ösimlik yoği - Andijonda (1 litr uçun 8,5 ming söm). Ösimlik yoğining eng qimmati Jizzaxda - 13,3 ming söm.
Eng arzon şakar Gulistonda - 4,5 ming söm. Boşqa hududlarda, jumladan, Nukus va Toşkentda, u 5,5 ming söm turadi.
Qayd etilişiça, ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal iste'mol narxlari ma'lumotlari tanlanma statistik kuzatuv tamoyillariga asosan olingan.
2018 yilda göşt narxi qaysi viloyatda maksimal darajada qimmatlaşgani ma'lum böldi











