Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya josuslikda ayblanayotgan amerikalikni rossiyalik Butinaga almashtirishni rad etdi
Josuslikda ayblanayotgan Amerika fuqarosi Pol Uilan AQShda hibsga olingan rossiyalik Mariya Butinaga almashtirilmaydi. Bu haqda Rossiya TIV ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, amerikalikni xorijda hibsga olingan Rossiya fuqarolariga almashtirish haqida hech qanday gap bormayapti va Uilanni sud kutmoqda. U josuslikda ayblanmoqda va 20 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva hech qachon diplomatik o‘yinlarda odamlardan piyoda sifatida foydalanmasligini ma'lum qilgandi.
AQSh fuqarosi Pol Nikolas Uilan 2018 yil 28 dekabrda qo‘lga olingandi.
Ayni paytda rossiyalik Mariya Butina Amerikadagi qamoqxonada saqlanmoqda. U xorijiy davlat foydasiga faoliyat yuritish maqsadida til biriktirishda ayblangan.
Mavzuga oid
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:45 / 27.06.2026