Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞda hibsga olingan rossiyalik Mariya Butinani Rossiyada uşlangan amerikalik Pol Uilanga almaşiş ehtimoli haqida öz fikrini bildirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Uning ta'kidlaşiça, bunday bayonotlarni eşitmagan. Peskovning qöşimça qilişiça, Moskva «diplomatik öyinda» odamlardan piyoda sifatida foydalanmaydi.
«Rossiyada josuslik faoliyatida şubha qilingan şaxslarga nisbatan aksilrazvedka faoliyati olib borilmoqda, bu - ha, muntazam ravişda amalga oşirilyapti», - dedi Peskov.
Şuningdek, Kreml vakilining qayd etişiça, Pol Uilan nega qölga olingani böyiça sabablarni aniq bilmaydi.
«Ehtimol, sabablar böyiça ham heç narsa ayta olmayman, bizning maxsus xizmatlar bayonot berdi, u yerda sabablar batafsil aytilgan, şuningdek, Taşqi işlar vazirligining bayonoti ham çiqdi», - deya xulosa qiladi Peskov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Moskvada josuslikda gumonlanib qölga olingan amerikalik Pol Uilan Birlaşgan Qirollik fuqarosi ekanligi ma'lum bölgandi.

















