BAAda ötayotgan Osiyo Kubogi-2019ning «F» guruhi 3-turidan örin olgan Yaponiya – Özbekiston uçraşuvidan (1:2) söng mikst zonada futbolçilar jurnalistlarning savollariga javob qaytarişdi. Bu haqda Al-Ayn şahridan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Xususan, Özbekiston milliy jamoasi yarim himoyaçisi Sardor Raşidov öyin murakkab bölgani, futbolçilar murabbiylar körsatmasi böyiça tartibli öynaganiga qaramasdan, mağlubiyatga uçralganini aytib ötdi.
— Keyingi öyinda Avstraliyani mağlub etiş uçun maydonga tuşamiz, — dedi u.
Portugaliyaning «Nasional de Madeyra» klubiga ötişi tarixini hikoya qilib berar ekan, Sardor Raşidov şunday dedi:
— Mening oldimda bir neça klublardan, jumladan, arab davlatlari klublaridan ham taklif bor edi. Kutilmaganda Portugaliyadan ham taklif bölib qoldi. Yevropa davlatidan kelgan taklifni öylab ötirmasdan qabul qildim.
«Nasonal» vakillari 10 kun davomida Özbekistonda otam bilan uçraşib, şartnoma şartlarini muhokama qilişgan. Keyin keça Dubayga formallikni rasmiylaştiriş — şartnoma imzolaş uçun kelişdi.
Eslatib ötamiz, «Nasonal de Madeyra» klubi 17 turdan söng Portugaliya Primerasida 18 jamoa içida 12-örinda bormoqda. Klub Madeyradagi Funşal şahrida, siğimi 5132 kişilik stadionda öynaydi. Klub boş murabbiyi ötmişda «Nasonal», «Monako», «Portu», «Dinamo» (Moskva), «Atletiko» (Madrid), «Atalanta» kabi klublarda töp surgan Koştinyadir.












