Özbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019 yil 1 yanvar holatiga 33254,1 ming kişini taşkil etib, 2018 yilda 597,4 ming kişiga yoki 1,8%ga ösdi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.

Jumladan, şahar aholisi soni 16805,0 ming kişini (jami aholi sonidagi uluşi 50,5%), qişloq aholisi soni 16449,1 ming kişini (49,5%) taşkil etgan.

2018 yil yanvar-dekabr oylarida aholi soni 597,4 ming kişiga köpaydi. Tirik tuğilganlar soni 768,3 ming nafarni taşkil etdi, 154,7 mingta vafot etganlar qayd etildi. FHDYo bölimlarida 311,4 mingta nikoh va 32,3 mingta ajralişlar röyxatga olingan.

Aholi ziçligi böyiça tahlillar şuni körsatganki, Özbekiston Respublikasi böyiça 1 kv.km.ga 74,1 kişi, aholining eng ziç joylaşuvi Andijon (1 kv.km.ga 713,2 kişi), Farğona (544,8 kişi), Namangan (370,0 kişi) viloyatlariga töğri kelgan bölsa, aksinça holat Navoiy viloyati (8,8 kişi) va Qoraqalpoğiston Respublikasiga (11,2 kişi) töğri kelmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga köra, 2019 yil 1 yanvar holatiga respublika doimiy aholi sonining 30,3%i mehnatga layoqatli yoşdan kiçiklar, 59,5%i mehnatga layoqatli yoşdagilar va 10,2%i mehnatga layoqatli yoşdan kattalar hissasiga töğri kelmoqda.