Fransiya hukumati Yaponiyadan hozirda alyans şaklida bölgan Renault va Nissan kompaniyalarini yagona xolding korporatsiyasiga birlaştirişni talab qilmoqda. Bu haqda Nikkei gazetasi xabar qildi.

Naşrning ma'lumot berişi, mazkur talab Tokioga taşrif buyurgan fransuz delegatsiyasi tomonidan ilgari surilgan. Delegatsiya şuningdek, hibsga olingan Karlos Gon örniga Nissan direktorlar kengaşiga yangi rais tayinlaşni söragan.  

Naşrning qayd etişiça, Renault ikki kompaniya birlaşişini talab qilmoqda, Nissan esa bunga qarşi çiqmoqda. Çunki u holda Renault aksiyadori bölgan Fransiya hukumati kompaniya siyosatiga ta'sir ötkaziş imkoniyatiga ega böladi.  

Hozirda Renault Nissan kompaniyasining 43,4% aksiyasiga ega bölib, korporatsiya rahbari va direktorlar kengaşi a'zolarini tayinlaş huquqini qölga kiritgan, Nissan esa Renault kompaniyasining 15% aksiyasiga ega va ovoz beriş huquqidan mahrum.