2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 154,7 mingta ölim qayd etilgan bölib, mos ravişda 1000 aholiga nisbatan ölim koeffitsiyenti 4,7 promilleni taşkil etdi.
Davlat statistika qömitasi xabariga köra, bu körsatkiç 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,3 promillega kamaygan (2017 yilning yanvar-dekabr oylarida 5,0 promille bölgan).
2018 yilning yanvar-dekabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 60,3%i - qon aylaniş tizimi kasalliklaridan, 9,7%i - ösimtalardan, 6,5%i - baxsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlanişlardan, 5,6%i - ovqat hazm qiliş a'zolari kasalliklaridan, 4,0%i - nafas oliş a'zolari kasalliklaridan, 1,5%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,4%i - boşqa kasalliklardan vafot etgan.
Röyxatga olingan 1 yoşgaça vafot etgan bolalar soni 7,5 ming nafarni taşkil etib, ularning 60,5%i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,8%i - nafas oliş a'zolari kasalliklaridan, 11,7%i - tuğma anomaliyalardan, 2,3%i - baxsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlanişlardan, 2,5%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7%i - ovqat hazm qiliş a'zolari kasalliklaridan va 5,5%i - boşqa kasalliklardan vafot etgan.
Asosiy ölim sabablari böyiça vafot etganlarning taqsimlanişi (2018 yil yanvar-dekabr holatiga, jami vafot etganlarga nisbatan, %)

Hududlar kesimida asosiy ölim sabablari böyiça vafot etganlarning taqsimlanişi (jami vafot etganlarga nisbatan, %)

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston aholisi soni haqida yangi ma'lumot berilgandi.












