Özbekiston uçun eng kerakli islohot huquqni muhofaza qiliş va adolat tizimini yölga qöyiş, deya fikr bildirgan iqtisodçi Behzod Hoşimov Kun.uz'ga bergan intervyusida korrupsiya töğrisida şaxsiy mulohazalarini bildirdi. Unga köra, korrupsiyaga qarşi kuraş masalasiga bir tomonlama çora-tadbir deb qaraş notöğri böladi.

– Singapurda korrupsiyaga qarşi kuraşiş byurosining faoliyati juda yaxşi yölga qöyilgan. Bu haqda u yerda ta'lim olgan yillaringizda ham yetarli ma'lumotga ega bölgansiz. Iqtisodiyotda esa korrupsiya markaziy tuşunçalardan biri hisoblanadi, u iqtisodiyotning sektorlariga ta'sir körsata oladi. Nima deb öylaysiz, korrupsiya qaysidir darajada bölişi kerakmi yoki tag-tomiri bilan uni yöqotiş kerakmi? Nega Singapur heç qanday repressiyasiz bu masalani silliq hal qila oldi?
– Iqtisodiyotda hamma narsa öz narxiga ega. Şuningdek, korrupsiya bilan kuraşişning ham qiymati bor. Misol uçun, jamiyatda jinoyatlar körsatkiçi nolga teng bölsa, bu yaxşimi-yomonmi bilmaymiz. Çunki bunga erişiş uçun köp narsadan voz keçişga töğri keladi. Aniqroği, jinoyatni yöqotiş uçun hamma qamab qöyilsa, kuzatuv kameralari ostiga olinsa, bunday jamiyatda yaşaşni odamlar istamasligi mumkin. Qonunbuzarlik körsatkiçi 0 emas, optimal holatda bölişi kerak. 0 jinoyat – yaxşi jamiyat degani emas. Çunki bu erkinlik darajasining ham pastligini bildiradi.
Nimaning evaziga nima qurbon qilinayotganini tahlil qila oliş kerak. Xuddi şunday korrupsiya masalasida ham. Misol uçun, 90-yillarda Şimoliy Koreyada kuçli oçarçilik bölgan, lekin korrupsiyaning hisobiga kam qurbon berilgan. Ya'ni askarlar qişloqlardan oziq-ovqatlarni olib çiqib ketişayotganda aholi pora berib bölsa ham yegulik olib qolib, tirik qolişga erişgan. Öz navbatida, 30-yillarda sovet ittifoqida ham oçarçilik bölgan, pora beriş yöqligi tufayli aholining qölida yegulik qolmagan va minglab odamlar oçlikdan vafot etgan. Şu ma'noda, ma'lum darajadagi korrupsiya foydali bölişi mumkin, lekin uni yuz foiz yaxşi, deb ham bölmaydi.

Iqtisodçi Garri Bekker «Jinoyat va jazo» maqolasida şunday holat bor: jinoyat uçun qölga tuşiş ehtimoli kam, lekin jazo katta bölsa, jinoyat sodir etilişi, aksi bölsa, sodir etilmasligi mumkin. Knyaz Vyazemskiy degan odamning ham şunga öxşaş gapi bor: «Rossiya qonunlari qat'iyligi ularning amal qilmasligi bilan izohlanadi».
Jazoni köpaytirsangiz, jinoyat kamayişi mumkin. Lekin qonunning işlaş ehtimolini köpaytirsangiz, jinoyat çindan ham kamayadi.Insonlar ehtimolga köproq e'tiborli, jazoga emas. Şimoliy Koreyada korrupsiya uçun jazo dahşatli, lekin bu bilan jinoyat körsatkiçi kamayganligi yöq.











