Xalqaro Paralimpiya qömitasi (IPC) 2019 yilgi suziş böyiça jahon çempionatini qabul qilişi kerak bölgan Malayziyani isroillik sportçilarga musobaqada iştirok etişga ruxsat bermagani uçun uni ötkaziş huquqidan mahrum qildi.

Qaror Malayziya içki işlar vazirligi isroillik sportçilar çempionatda tahriqlaşlarga uçramay, erkin iştirok etişlarini ta'minlay olmasligini ma'lum qilgandan keyin qabul qilingan. 

Avvalroq IPC Malayziyaning isroillik paralimpiyaçilarni jahon çempionatiga qöymaslik qaroridan afsus bildirgan. Uşbu musobaqa 2020 yilgi Paralimpiya öyinlariga saralaş musobaqasi hisoblanadi.

Jahon çempionati 29 iyuldan 4 avgustgaça Kuçing şahrida bölib ötişi kerak edi. Endi IPC jahon çempionatining yangi mezbonini qidirmoqda. Ta'kidlanişiça, musobaqani ötkaziş uçun arizalar 11 fevralgaça qabul qilinadi. 

Qayd etiş joizki, Malayziya Isroil bilan diplomatik aloqalarga ega emas.