Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino yangi muddatga qayta saylangan taqdirda ham futbol böyiça jahon çempionatlaridagi jamoalar sonini 64 taga oşirmaslikka qaror qildi. Bu haqda u sport federatsiyasi prezidiumi aʼzolariga maʼlum qilgan, deb xabar berdi Britaniyaning The Times gazetasi öz manbalariga tayanib.
Infantino çempionatni kengaytiriş rejalari haqida 11-iyul kuni çop etilgan blue Sport portaliga bergan intervyusida söz oçgan edi.
«48 ta terma jamoa iştirokidagi turnir juda muvaffaqiyatli çiqdi. Barça jamoalar yuqori saviyadagi öyin namoyiş etdi. Har bir qitʼa vakillari gol urib, kamida bittadan oçko jamğardi. Afrikaning önta jamoasidan töqqiztasi pley-off bosqiçiga yöl oldi. Vaholanki, avvalgi jahon çempionatida Afrika şarafini bor-yöği beşta jamoa himoya qilgan edi. Bu barça jamoalarga imkon beriş va ularning jahon çempionatida töp tepişini taʼminlaş naqadar muhimligini yana bir karra isbotlaydi», - degan edi FIFA rahbari iyul oyida.
The Times naşrining öşa paytdagi taxminiga köra, Infantino JÇ uluşlarni xususiy investorlarga sotiş rejalari tufayli yuzaga kelgan mojarodan söng ikkinçi va uçinçi toifadagi futbol assotsiatsiyalari qöllab-quvvatlaşiga erişiş maqsadida çempionatni kengaytirmoqçi bölgan. Dastlab mundialni kengaytiriş loyihasi bilan Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) çiqqan, ammo Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) va Osiyo futbol konfederatsiyasi (AFC) bunga qarşilik bildirgan.








