O‘zbekistonda yana bir kasb bayramini belgilash taklifi berildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Energetika tizimi xodimlari kuni” kasb bayramini belgilash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, respublikada ko‘pchilik kasb egalari yilning ma'lum bir sanasida yoki bir oyning ma'lum bir yakshanbasida o‘z professional bayramlarini nishonlaydilar. “Tibbiyot xodimlari kuni”, “Quruvchilar kuni”, “Temiryo‘lchilar kuni” va hokazo. “Ustoz va murabbiylar kuni” esa umumxalq bayrami, ya'ni – qo‘shimcha dam olish kuni sifatida nishonlanadi. Bu respublikaning tegishli qonunlari bilan belgilab qo‘yilgan.
“Mamlakatimiz energetika tizimi xodimlari ham o‘z kasb bayramlarini 22 dekabr (yoki tizimdagi ba'zi korxonalar shu kunga yaqin dam olish kunlari)da nishonlaydilar. Shu munosabat OAVlarda energotizim korxonalari faoliyatiga oid chiqishlar qilinadi, tizimda uzoq yillar faoliyat yuritgan xodimlarga “Energetika faxriysi” unvoni ham beriladi. Ammo bu bayram biror bir qonun, qaror-farmon yoki boshqa bir normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanmagan bo‘lib, go‘yoki norasmiy tarzda nishonlanadi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Bildirilishicha, respublika rahbariyati tomonidan mamlakat iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashda energetika tizimi xodimlari oldiga – yangi texnologiyalarga asoslangan ko‘plab investitsiya loyihalarini amalga oshirish orqali energetika ishlab chiqarish quvvatlarni yangilash, mavjud qurilmalarni rekonstruksiya qilish, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini rivojlantirish, muqobil energiya turlarini o‘zlashtirish, atom energetikasini joriy qilish kabi juda katta vazifalar qo‘yilgan.
Sohaga bevosita aloqador bir nechta tuzilmalarning bitta vazirlik qilib tashkil etilishining ko‘zda tutilganligi ham ushbu maqsad yo‘lida o‘z vaqtida qilingan tadbirlardan biri bo‘ldi. Bu vazifalarning amalga oshirilishi – o‘z-o‘zidan elektr energiyasiga tobora oshib borayotgan talabni to‘laroq qondirish, demakki – yanada jadalroq rivojlanishimizga olib keladi.
“Energetika tizimining ham mamlakatimiz iqtisodiyoti yetakchi sohalaridan biri ekanligi, tizimda yuqorida ko‘zda tutilayotgan tub islohotlar bo‘lishini e'tiborga olib, “Energetika tizimi xodimlari kuni” kasb bayramini ham tegishli qonun bilan belgilab qo‘yishni taklif qilaman. Tizim xodimlariga beriladigan faxriy unvonlar ham shu bayram munosabati bilan e'lon qilinishi maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, - deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq oliy ta'lim muassasalarida yangi tizimni joriy etish taklif qilingandi.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
10:21 / 07.06.2024
FT Ukraina energetikasining yarmi yo‘q qilingani haqida xabar berdi
19:05 / 06.06.2024