“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida OTMda yagona öquv jarayonini boşqarişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş haqida petitsiya paydo böldi.

Bildirilişiça, hozirgi şaroitda oliy ta'lim muassasasining barça jarayonlarini kompleks avtomatlaştirmasdan boşqariş juda qiyin bölib, bu şartli ravişda uçta asosiy blokka bölinadi: iqtisodiy, öquv jarayoni va iş jarayonlarini boşqariş. Hozirda turli OTMlarda standartlar va texnologiyalar asosida oliy ta'lim muassasalari faoliyatini avtomatlaştiriş uçun qulay yeçimlar mavjud.

Öz navbatida, bunday tizimga egalik qiliş xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va zamonaviy ta'lim sohasida amalga oşiriladigan axborot standartlariga muvofiqligini ta'minlaydi, deyiladi petitsiyada.

“Biz oliy ta'lim muassasalarida muvaffaqiyatli qöllaniladigan hujjat boşqaruvi va öqitiş tizimining avtomatlaştirilgan yagona tizimini joriy etişni taklif etamiz. 

Bu tizim orqali quyidagi vazifalar hal etiladi: 

- talabalarga taalluqli barça buyruqlar va körsatmalar (öqişga qabul qiliş, stipendiya beriş, talabalar safidan çiqariş, öqişini tiklaş, öqişini boşqa joyga ötkaziş, akademik ta'til); 
- elektron jurnal va elektron baholar daftarçasini yuritiş; 
- talabaning barça hujjatlarini hisobga olgan holda şaxsiy kartalarini yuritiş; 
- öquv sessiyalarini rejalaştiriş va uning natijalarini hisobga oliş; 
- mutaxassislik, yönalişlar böyiça öquv dasturlarini şakllantiriş; 
- öquv dasturlari asosida öquv yuklamasini taqsimlaş va hisoblaş; 
- öqituvçilar uçun tarqatilgan yuklama asosida kafedra, fakultetlarning kadrlar röyxatlarini yaratiş; 
- qabul komissiyasi faoliyatini taşkil etiş - abituriyentlarni röyxatga oliş, şifrlaş; 
- kontrakt tölaydigan talabalar uçun hisob-kitoblar yuritiş; 
- turli xil hisobotlarni şakllantiriş va boşqalar.

Tizim Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining standartlarini hisobga olgan holda va ayni paytda muayyan oliy ta'lim muassasasining öziga xos öquv dasturlarining xususiyatlariga moslaştirişga imkon beradigan, öquv jarayonini boşqarişni amalga oşiradigan bölişi kerak. Tavsiya etilayotgan tizim öquv standartlarni qöllaş orqali avtomatik ravişda barça hisob-kitoblarni çiqarişi va ularni mutaxassislik hamda öqitiş joylari, fakultet va hokazolarni hisobga olgan holda moslaştira olişi kerak. Şuningdek, bu tizim talabalarni hisobga oliş, maşğulotlarni rejali olib borişni belgilovçi dars jadvali tuziş, elektron hujjat aylanişini amalga oşiradigan bölişi kerak. Oliy ta'lim muassasalarida öquv jarayonini boşqarişni avtomatlaştiriş uçun zarur bölgan dasturiy ta'minot joriy etilsa, tizimdagi muammolarni sezilarli darajada kamaytirişga yordam bergan bölar edi”, - deb yozadi murojaat muallifi.