138-marotaba ötkazilayotgan Angliya Kubogining 5-bosqiçi uçun qur'a taşlandi.

Qur'a natijasiga köra, oldingi bosqiçda «Arsenal»ni musobaqadan çiqarib yuborgan «Mançester Yunayted» nimçorak finalda «Çelsi»ga qarşi bahs olib boradigan böldi. Uşbu ikki jamoa musobaqaning sönggi finalida özaro röbaro‘ kelgan va unda londonliklarning qöli baland kelgandi.

Musobaqaning yana bir favoriti «Mançester Siti» bu bosqiçda quyi liga jamoasiga töqnaş keladi. «Şaharliklar»ning raqibi yo Çempionşipdan «Midlsbro», yoki törtinçi liga vakili «Nyuport» klubi böladi.

Nimçorak final bahslari 15-18 fevral kunlari bölib ötadi. Uşbu bosqiçning yana 4 iştirokçilari 5 fevralda ma'lum böladi, «Brentford»-«Barnet» öyini sanasi hali belgilanmagan.

Angliya Kubogi, 1/8 final
Bristol Siti – Şrusberi/Vulverhempton
AFK Uimbldon – Milluoll
Donkaster –  Kristal Pelas
Midlsbro/Nyuport – Mançester Siti
Çelsi – Mançester Yunayted
Suonsi – Barnet/Brentford
Porsmut/Kuinz Park Reyndjyers – Uotford
Brayton/Vest Bromviç – Derbi Kaunti