2026 yil 7–25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida ötkaziladigan 23 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi Osiyo Kubogi final bosqiçiga qur’a taşlandi.

Qur’a natijasiga köra, Özbekiston U23 terma jamoasi C guruhidan joy oldi. Unga Livan, Eron va Janubiy Koreya raqiblik qiladi. Guruhda dastlabki ikki örinni egallagan jamoalar pley-off bosqiçiga çiqadi.

Barça guruhlar tarkibi quyidagiça:

A guruhi: Saudiya Arabistoni, Vetnam, Iordaniya, Qirğiziston

B guruhi: Yaponiya, Qatar, BAA, Suriya

C guruhi: Özbekiston, Livan, Eron, Janubiy Koreya

D guruhi: Iroq, Avstraliya, Tailand, Xitoy

Uşbu turnir 2024 yilgi musobaqadan bir jihati bilan farq qiladi: unda olimpiada yöllanmasi öynalmaydi.

2024 yilda Qatarda ötkazilgan U23 Osiyo Kubogida Özbekiston terma jamoasi finalgaça yetib borib, Yaponiyaga 0:1 hisobida yutqazgan, şu bilan birga, Parij-2024 olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritgan edi.

2018 yilda Xitoyda ötkazilgan U23 Osiyo Kubogida Özbekiston terma jamoasi oltin medalni qölga kiritgan.