Tashkent City loyihasida 700 investor iştirok etişni istamagan. Qolaversa, mahalliy banklar ham dastavval loyihaning jozibadorligiga işonmagan. Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Tashkent City quriliş maydonlariga taşkil etilgan press-tur doirasida loyihaga investorlarni jalb qiliş jarayoni qanday bölgani xususida sözlab berdi.
«Prezident menga Tashkent City qurilişini 3 yilda tugatiş topşiriğini berdi. Men 700dan ortiq investor bilan uçraşdim. Ularning barçasi iştirok etişdan boş tortdi, çunki loyiha jozibador emas edi. Aholi uylarini buziş, odamlarni köçiriş va boşqa muammolar. Sarmoyadorlar buni 3 yilda tugatiş mumkinligiga işonişmadi. Keyin men Murad Buildings va Real House vakillariga loyiha jozibador ekanini tuşuntirdim va ularni taklif etdim. Qiyinçiliklarga qaramay, ular rozilik bildirişdi. Xohlardimki, Özbekistonda şunday dovyurak tadbirkorlar köpaysa. 3 yilda tugaşi kerak bölgan loyiha ijrosiga hamma ham kirişa olmaydi», - dedi Ortiqxöjayev.
U, şuningdek, loyihani amalga oşirişda mahalliy banklar ham işonqiramaganligi, aholi köçirilganidan söng, banklar qiziqiş bildirganini ta'kidladi.
«Dastlab banklar ham rad etdi. Men banklarga borib, boşqaruvçilar bilan gaplaşdim. Uylar buzilib, aholi köçirilganidan keyin vaziyat özgardi. Banklar loyihaga qiziqiş bildira boşladi. 1 gektar yer maydoni 2 mln AQŞ dollariga baholandi. Loyihaning barça iştirokçilariga teng şaroitlar taqdim etildi», - deya qayd etdi şahar hokimi.
Press-tur doirasida taşkil etilgan matbuot anjumanida yirik loyihada iştirok etayotgan xorijiy kompaniyalarning yangidan taşkil etilgani xususidagi masalalarga ham oydinlik kiritildi. Taşqi savdo va investitsiyalar vaziri örinbosari Laziz Qudratov kompaniyalar qanday qilib Tashkent City sarmoyadorlariga aylanganini izohladi.
«Kompaniyalar bir yil, yarim yil avval taşkil etilgani heç qanday rol öynamaydi. Bu dunyoda kuzatiladigan amaliyot. Köpçilik, qandaydir loyihani amalga oşiriş uçun yangi tuzilmalar taşkil etadi. «Special purpose vehicle» degan ibora bor. Samarali va ta'sirçan moliyaviy boşqaruvni hamda soliqqa tortişni amalga oşiriş uçun yirik kompaniyalar özlarining şö'ba korxonalarini taşkil etadi. U yaqinda taşkil etilgan bölişi mumkin, biroq u aynan loyihani samarali boşqariş maqsadida tuziladi. Bunda qandaydir jinoiy alomatlar bölişi mumkin emas», - dedi Laziz Qudratov.
Ma'lum qilinişiça, Tashkent City loyihasini amalga oşiriş uçun 6 mingdan ortiq kişi mehnat qilmoqda. Işçilarning oylik maoşlari 1 mln 400 ming sömdan 2 mln 500 ming sömgaçadir. Bundan taşqari, iş joyida 3 mahal bepul issiq ovqat, har oyda 200 ming sömlik oziq-ovqat puli beriladi.












