2019 yilgi Turkiya superkubogi ğolibini aniqlaş uçun keçadigan öyin Toşkentdagi «Milliy» (sobiq «Bunyodkor») stadionida taşkillaştiriş ustida muzokaralar olib borilmoqda, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri öz manbalariga tayangan holda.
Uçraşuv joriy yilning avgust oyida taşkillaştiriladi, biroq aniq sana hali ma'lum emas.
Qayd etib ötiş joizki, bu 1966 yildan buyon muntazam taşkillaştirilib kelinayotgan (faqatgina 2011 yili mamlakat futbolidagi korrupsiya mojarosi tufayli ötkazilmagan) Turkiya superkubogining ilk marta Turkiya Respublikasidan taşqarida taşkillaştirilayotgan holat emas. 2006, 2007, 2008 yilgi mavsumlarda ham Superkubok Germaniya stadionlarida bölib ötgan.
Superkubokning 2018 yilgi «Aqhisar Belediyespor» - «Galatasaroy» öyini Könyodagi «Buyukşahar» stadionida 5 avgust kuni bölib ötgan. Uçraşuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangaç, penaltilar seriyasida omad «Aqhisarspor» klubiga kulib boqqan.
Umuman, Turkiya superkubogini eng köp qölga kiritgan klub «Galatasaroy» bölib turibdi — 15 marta. U 9 marta finalçi bölgan. «Fenerbaxçe» 9 marta ğolib çiqqan, 9 marta yutqazgan. Uçinçi örindagi «Beşiktoş» esa jami 20 marta finalga yöl olib, ularning 8 tasida ğalaba qozongan. «Trabzonspor» qölga kiritgan kuboklar soni ham 8 ta, biroq u uç martagina yutqazgan.
Superkubokda eng köp töqnaş kelgan juftlik esa «Beşiktoş» - «Galatasaroy»dir. Ular 8 marta duç kelişgan va ularning beştasida «Galatasaroy» ğalaba qozongan.
Superkubokda eng köp gol urgan öyinçi Xoqon Şukurdir – 5 ta gol.
Eslatib ötamiz, Turkiya Superkubogi-2019 da 2018/19 yilgi mavsumda Turkiya superligasi çempioni va Turkiya kuboği sohibi töqnaş kelişadi.
Ayni paytda mamlakat kubogining 1/4 finali ötkazilmoqda. Jumladan, bugun dastlabki ikki öyin bölib ötadi. Javob uçraşuvlari 26-28 fevral kunlari bölib ötadi:
05.02. «Trabzonspor» - «Umroniyaspor»
05.02. «Yyeni Malatyaspor» - «Göztepe»
06.02. «Galatasaroy» - «Hatayspor»
07.02. «Aqhisarspor» - «Qosimpoşo»
18 ta klub iştirok etadigan Turkiya superligasida esa «Istanbul Başaqşehir» 20-turdan söng 44 oçko bilan peşqadam bölib turibdi. 2-örindagi «Galatasaroy»da 36 oçko, 3-4-5-örinlarda ketayotgan «Beşiktoş», «Yyeni Malatyaspor», «Trabzonspor» klublari 33 oçkodan jamğarişgan.











