21-avgust kuni Tojikiston poytaxti Duşanbeda yangi Milliy stadion foydalanişga topşirildi. Oçiliş marosimida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Duşanbe şahri raisi Rustami Imomali iştirok etdi.

Sport majmuasi 9,5 gektar maydonni egallaydi va 30 mingdan ortiq tomoşabinga möljallangan. Ikki yarusli tribunalar pastki qavatda 12 mingdan ortiq, yuqori qavatda esa 18 ming kişini siğdiradi.

Milliy stadion FIFA xalqaro talablarini hisobga olgan holda qurilgan bölib, ikkinçi xalqaro toifaga mansubdir. Bu yerda yuqori darajadagi klub öyinlari va xalqaro musobaqalarni ötkaziş imkonini beradi. Stadion beş qavat va yertöladan iborat bölib, balandligi 33 metrga yetadi.

Arena markazida 105x68 metr ölçamdagi futbol maydoni joylaşgan bölib, bu xalqaro öyinlarni ötkaziş böyiça FIFA talablariga javob beradi. Maydon atrofida 130x87 metr ölçamdagi sport zonasi mavjud.

Tomoşabinlar uçun 68 ta elektron turniket örnatilgan, stadion hududi esa törtta asosiy sektorga ajratilgan. Bunday tartib muxlislarning xavfsiz ötişini taʼminlaşi, odamlar töplanişining oldini olişi va evakuatsiyani tezlaştirişi lozim.

Öyinlarni har birining maydoni 133 kvadrat metr bölgan ikkita katta LED ekranda tomoşa qiliş mumkin böladi. Obyektdagi xavfsizlikni 50 ta videokuzatuv kamerasi va 10 ta oddiy kamera nazorat qilib turadi. Yonğinga qarşi himoya tizimi 1000 dan ortiq intellektual yonğin signalizatsiyasidan iborat.

Jamoalar uçun 104 örinli törtta kiyiniş xonasi közda tutilgan. Rasmiy va faxriy mehmonlar uçun umumiy siğimi 750 kişidan ortiq bölgan VIP zallari jihozlangan.

Stadion fasadi alyuminiy panellardan işlangan. Tungi vaqtda undan katta mediaproyeksiya ekrani sifatida foydalaniş mumkin: proyeksiya tizimining maydoni 30 ming kvadrat metrdan oşadi.

Stadion yonida 750 dan ortiq avtomobilga möljallangan avtoturargoh taşkil etilgan. Obodonlaştirilgan hudud 3 ming kvadrat metrdan ortiq maydonni egallaydi.