Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat harbiylari 11 fevralda Suriyaga zarba berganini va hujumdan maqsad Eron kuçlari bölganini tasdiqladi.
Suriyaning SANA davlat agentligi ma'lumotlariga köra, duşanba keçki vaqt Isroil tanklari Suriyaning çegara yaqinidagi hududlariga bir neçta snaryad otgan va Kunaytra viloyatidagi şifoxona va kuzatuv punktiga hujum qilgan.
“Biz har kuni harakat qilamiz, hamma vaqt Eronga qarşi, jumladan keça ham. Eronga va uning mintaqada mustahkamlanib olişiga qarşi”, deb aytgan Netanyaxu Polşaga safaridan oldin.
Isroil boş vaziri Polşada AQŞ tomonidan Yaqin Şarq böyiça taşkillaştirilayotgan anjumanda iştirok etmoqçi. Anjumanda kötariladigan asosiy masala Eron tomonidan solinayotgan xavf – uning yadroviy ambitsiyalari, mintaqaviy ekspansiyasi va Suriyada örnaşib olişga urinişlari böladi.












