Qandli diabet hamda endokrin kasalliklari profilaktikasi va diagnostikasi yaxshilanadi

Foto: Depositphotos
2019-2021 yillarda O‘zbekistonda aholiga endokrinologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishga doir Milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun regulation.gov.uz’da taqdim etildi.
Unga ko‘ra, maxsus endokrinologik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, shuningdek mamlakatda qandli diabet kasalligining oldini olishga doir chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga qator yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar yuklatiladi:
· Endokrinologik kasalliklar profilaktikasi va ularni erta bosqichda aniqlashga oid chora-tadbirlarni takomillashtirish, shuningdek bunday kasalliklarni erta aniqlash uchun hududlarda skrining dasturlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
· Endokrinologiya muassasalari qurilishi, rekonstruksiyasi va kapital ta'mirlovi, tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanishi asosida ularning moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash;
· Aholining zamonaviy yuqori samarali diagnostika va davolash usullaridan foydalanish imkonini yaxshilash, endokrin kasalliklarni davolashda yuqori samaradorlikka erishish, endokrinologiya muassasalarining dori vositalari va reagentlari bilan ta'minlanish darajasini oshirish;
· Kadrlar salohiyatini mustahkamlash va endokrin kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi va terapiyasiga oid ilmiy tadqiqotlar spektrini kengaytirish, shuningdek xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ilmiy ishlarga doir xalqaro tajribani sog‘liqni saqlash tizimida amaliy tatbiq etish.
Endokrinologiya tizimini takomillashtirishga oid Milliy dasturning asosiy vazifalari etib qo‘yidagilar belgilanadi:
Birinchidan, normativ-huquqiy bazani Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining zamonaviy talab va standartlariga muvofiq takomillashtirish;
Ikkinchidan, qandli diabet profilaktikasi va aholi orasida ogohlantiruvchi tadbirlar o‘tkazish tizimini tubdan yaxshilash;
· Qandli diabet xavf omillari bo‘lgan 45 yoshdan oshgan kishilar hamda homiladorlikning 24-28 haftaligida bo‘lgan ayollar orasida skrining o‘tkazish yo‘li bilan dastlabki shifokor ko‘rigini kengaytirish;
· Profilaktika – qandli diabet bilan kasallangan kishilarning onlayn registrini yo‘lga qo‘yish, surunkali asoratlar chastotasini kamaytirish va kasallik rivojlanishini sekinlashtirishga yo‘naltirilgan klinik yondashuvlarga oid ma'lumotlarni qayd etib borishni amaliyotda tatbiq etish;
· Hududlardagi endokrinologiya dispanserlarini zarur reaktivlar bilan uzluksiz ta'minlash yo‘li orqali endokrin kasalliklarining zamonaviy diagnostika usullarini tatbiq qilish.
Uchinchidan, qandli diabetdan aziyat chekuvchi bemorlarga multidissiplinar jamoaviy yondashuvni qo‘llash, bunday yondashuv diyetologlar, kardiologlar, oftalmologlar, psixologlar, nevropatolog va reanitmatologlarni jalb qilishni ko‘zda tutadi;
To‘rtinchidan, aholining yuqori texnologik diagnostika va davolash usullaridan foydalanish imkonini oshirish, endokrin kasalliklarni davolashda yuqori samaradorlikka erishish, endokrinologik muassasalarning dori vositalari bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish;
Beshinchidan, 1 turdagi qandli diabetga chalingan bolalar va o‘smirlarni muqobil insulinlar va insulindan foydalanish qurilmalari (insulinli shprits-ruchka) va o‘z-o‘zini nazorat qilish vositalari bilan ta'minlash;
Oltinchidan, bolalar, o‘smirlar, homilador va emizlikli ayollarni tarkibida yod bo‘lgan preparatlar bilan ta'minlash.
Mazkur loyiha muhokamasi joriy yilning 1 martiga qadar davom etadi. Qaror loyihasining to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
regulation.gov.uz/uz/document/2361
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21
-
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi
Jahon | 22:43
-
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?
Jahon | 21:53
Mavzuga oid

10:09 / 14.03.2025
Fuqarolar sud jarayonida masofadan turib ishtirok etishi mumkin

15:00 / 28.09.2024
BMT bosh qarorgohida O‘zbekiston raisligida yuqori darajadagi muhokamalar bo‘lib o‘tdi

08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi

09:01 / 08.04.2022