Buyuk Britaniya va Isroil Brexit’dan keyin savdoni töxtatmaslik haqida kelişuv imzoladi. Bu haqda Britaniya xalqaro savdo vazirligi xabar qilgan.

Uşbu kelişuv Britaniya kompaniyalari va iste'molçilariga mamlakat Yevropa Ittifoqidan çiqqandan keyin ham Isroil bilan savdodan daromad oliş imkonini beradi.

Kelişuv Al-Qudsda Britaniya xalqaro savdo vaziri Liam Foks hamda Isroilning iqtisodiyot va sanoat vaziri Eli Ken tomonidan imzolangan. Kelişuvga köra, davlatlar örtasida savdo şartlari saqlanib qoladi. Bu esa biznesga qöşimça tariflar kiritilişi va iş örinlari qisqarişidan qoçişga imkon beradi. 

2018 yil 3-çoragi oxiriga ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi 4 mlrd funt sterlingni (5 mlrd dollardan köproqni) taşkil qilgan.