Özbekistonda birinçi marta Amerika mehmonxonalar instituti (AHL&E) vakillarining mahorat darslari bölib ötadi. Kun.uz muxbiri III Xalqaro gidlar forumidan şu haqida xabar berdi. 

Toşkent şahrida bölib ötayotgan Xalqaro gidlar forumining ikkinçi kuni - 22 fevralda Özbekiston oliy ta'lim muassasalari hamda professional kollejlarning öqituvçi va murabbiylari uçun "Amerika mehmonxonalar institutida turizm va mehmondorçilik sohasi mutaxassislarini öqitiş tizimi: tajriba, amaliyot va tendensiyalar" mavzuidagi qator mahorat darslari ötkaziladi.

Mahorat darslari Amerika mehmonxonalar institutining xalqaro masalalar böyiça vitse-prezidenti janob Ed Kastli boşçiligida olib boriladi. 

Unda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqanddagi "Ipak yöli" xalqaro turizm universiteti, Buxoro davlat universiteti va boşqa öquv muassasalarining pedagoglari iştiroki kutilmoqda. 

Amerikalik mutaxassislar iştirokidagi mahorat darslarining maqsadi - pedagoglarning professional malakasini oşiriş va mehmonxona servisiga oid yangi ta'lim usullari bilan taniştiriş.

Xorijiy mehmonlar iştirokidagi mahorat darslari Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi hamda "Turizm öquv-konsalting markazi" tomonidan taşkil etilmoqda.