Jarqörğonlik 81 yoşli faxriy öqituvçi Xudoyberdi Mamadaliyev öqituvçilarga öz hayotiy tajribasi asosida kimyo fanidan dars va laboratoriya maşğulotlarini qanday ötiş kerakligi böyiça “Mahorat darsi” ötmoqda. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati

Xalq ta'limi vazirligi taşabbusi bilan joriy yildan boşlab har bir tuman va şaharda törtta yönalişda - “Aniq fanlar”, “Tabiiy fanlar”, “Gumanitar fanlar” va “Filologiya fanlari” böyiça tayanç maktablari belgilanib, ularda oliy ta'lim muassasalari hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markazlari bilan hamkorlikda pedagoglar uçun uzluksiz metodik xizmat yölga qöyilgan.

Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanidagi 12-sonli davlat ixtisoslaştirilgan umumta'lim maktab-internati kimyo fanida tuman miqyosida tayanç maktab sifatida belgilangan  bölib, muassasada tumandagi kimyo fan öqituvçilari uçun uzluksiz metodik xizmat taşkil etilgan.

81 yoşli mehnat faxriysi Xudoyberdi bobo Mamadaliyev, tumandagi 37-sonli maktabda uzoq yillar samarali faoliyat körsatgan. Jamiyatdagi özgarişlar, xususan, ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlarga befarq bölmasdan, unda faol iştirok etib kelmoqda.

Foto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati

Xudoyberdi bobo Mamadaliyev 12-sonli davlat ixtisoslaştirilgan umumta'lim maktab-internatida “Ustoz-şogird” an'analarini davom ettirgan holda, kimyo fani öqituvçilariga darsni qiziqarli ötiş, amaliy maşğulotlarni olib boriş, öquvçilar bilan işlaş böyiça özining köp yillik tajribalari asosida “Mahorat dars”larini ötib kelmoqda.

Jarqörğon tuman xalq ta'limi bölimi hozirda 80 yoşdan oşgan 5 nafar faol faxriy pedagog bilan “Ustoz-şogird” an'nalarini davom ettirişda hamkorlik qilmoqda.