21 fevral kuni Toşkent şahridagi «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» kompaniyasi taşabbusi hamda «Öztöqimaçiliksanoat» uyuşmasi va «Bio energy LTD» hamkorligida ösimliklar va tuproqlarni soğlomlaştiriş, qişloq xöjaligiga innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş, şuningdek, mineral öğitlardan samarali foydalaniş masalalariga bağişlangan xalqaro anjuman ötkazildi. Tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbiri şu haqda xabar berdi.

Xalqaro anjuman doirasida qişloq xöjaligi sohasida dunyoning yetakçi xalqaro universitetlari olimlari hamda mustaqil izlanuvçilar tomonidan «Jonli tuproq va organik kömir: tuproq uçun soğlomlaştiriş markazi», «Tuproq mikroorganizmlari-mustahkam qişloq xöjaligining asosi», «Ösimlikşunoslikning innovatsion texnologiyalari», şuningdek, «Özbekiston tuproqlari şaroitida mineral öğitlar samaradorligini oşiriş yöllari» mavzularida qiziqarli taqdimotlar ötkazilib, iştirokçilar tomonidan soha oldidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Litvaning Vilnyus universiteti Ilm-fan hayoti markazi mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi dotsenti Audryus Gegyatskas,ösimlik va tuproq salomatligi böyiça mustaqil öqituvçi va maslahatçi, avstraliyalik Djoyel Uilyams, VitautasMagnus universitetining agronomiya fakulteti öqituvçisi Vitautas Lalas, Özbekiston fanlar akademiyasi akademigi Jöraqul Sattorov, şuningdek, agroklaster rahbarlari, fermer va dehqonlar iştirok etdi.

«Uçraşuvning ahamiyati şundaki, unda dunyo qişloq xöjaligi bilimlarini puxta bilgan olimlar bilan fikr almaşdik. Bugun yon daftarimga kelgusida amalga oşirişim lozim bölgan köpgina yangi fikrlarni qayd qilib oldim»,- deydi tadbir qatnaşçisi, Jizzax viloyatidagi «Silver leafe bmb agro trade group» Agroklasteri rahbari Abduolim Xidirov.

Anjuman iştirokçilari tomonidan ekinlarni turli zararkunanda, kasallik va begona ötlardan himoya qiluvçi vositalarning ahamiyati böyiça ham fikrlar bildirildi. Bu borada şu kabi vositalarni işlab çiqariş böyiça Özbekistondagi eng yetakçi kompaniyalardan biri «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» faoliyatiga yuqori baho berildi.

Mazkur kompaniya 2017 yildan boşlab ösimliklarni himoya qiliş vositalarini Respublika hududida işlab çiqarişni yölga qöygan va bu sohada qator yutuqlarga erişdi.Bugungi kunda «IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» tomonidan ekinlarni himoya qilişda zarur bölgan 70 dan ortiq kimyoviy vositalar va 50 turdan ortiq mineral hamda organik vositalarni dehqon, fermerlarga yetkazib berilmoqda.Uşbu mahsulotlar ekinlarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qiliş hamda yuqori hosil olişda dehqonlarga beminnat yordamçidir. Şu boisdan kompaniya «Birgalikda yetiştiramiz!» şiori bilan işlab keladi.

«IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» kompaniyasi nafaqat ösimlik himoyasi uçun mahsulot işlab çiqaradi, balki bepul agronomik maslahat va xizmatlarni ham körsatadi. Unga köra, kompaniya mutaxassislari öz mijozlarining ekin maydoniga taşrif buyurib ilmiy tahlillar asosida kerakli tavsiyalarni beradi.

«IFODA AGRO KIMYO HIMOYA» Özbekiston böylab özining 100 dan ortiq savdo dökoni va filiallariga ega.

Anjumanda xalqaro mutaxassislar tomonidan ösimliklar himoyasi va oziqlanişi uçun mahsulotlar işlab çiqariş, dehqon va fermerlar uçun ilmiy, agronomik xizmatlar körsatiş borasida mazkur kompaniya tajribasini ommalaştiriş tavsiya etildi.

 

Reklama huquqi asosida