Internetda sun'iy tuxum tayyorlaş jarayoni, işlab çiqarişning barça bosqiçlari batafsil körsatilgan videolavhalar paydo böldi. Şuningdek, Özbekiston hududida ham şu kabi sun'iy tuxum paydo bölganini da'vo qilayotgan kişining aytişiça, tuxumlarni poytaxtdagi «Örikzor» bozorida sotilmoqda.
Özbekiston Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş federatsiyasining ma'lum qilişiça, «Örikzor» savdo kompleksida sotuvga çiqarilgan tuxumlar iste'molga yaroqli.
«22 fevral kuni «Örikzor» savdo kompleksi MÇJga qaraşli dökonlarda monitoring, ya'ni parranda tuxumi bilan savdo qiluvçi tadbirkorlar bilan birma-bir suhbat ötkazilib, savdo yurituvçilarga sanitariya, xususan tibbiy daftarçalarga ega böliş hamda mahsulotlarga beriladigan veterinariya ma'lumotlarini taqdim etiş talablari qöyildi. Şuningdek, savdoda bölgan tuxumlardan namunalar olinib, har bir sotuvçining özi guvohligida qisqa muddatli körgazmali tekşiruv ötkazildi. Xulosalarga köra, tekşiruv davomida tuxum namunalari iste'molga yaroqli ekani aniqlandi», – deyiladi federatsiya xabarida.

Ta'kidlanişiça, savdo kompleksi ma'muriyati VSEL, DSNEM, Toşkent şahar hokimligi «Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi» DUK tomonidan özaro axborot almaşişga kelişib, nazorat kuçaytirildi.









