Toşkentdan Sankt-Peterburgga uçib kelgan yölovçi samolyotining “Pulkovo” aeroportida uçiş-qöniş yölagidan taşqariga çiqib ketişiga yomon ob-havo şaroiti va yölakning holati sabab bölgan bölişi mumkin. Bu haqda “Özbekiston havo yöllari” matbuot xizmati ma'lum qildi.

Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 21:59da qöngan, biroq samolyotni boşqariş vaqtida yölakdan çiqib ketgan. Samolyot bortida 241 nafar yölovçi, 15 nafar ekipaj a'zosi bölgan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan.

“RF tergov qömitasi va Rosaviatsiya “Pulkovo” aeroportidagi hodisa yuzasidan tergov olib bormoqda”, deyiladi aviakompaniya xabarida.

Hodisa sabab HY632/02MAR19 reysining uçirilişi vaqti köçirildi. Aviakompaniyaning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasi uşbu reys yölovçilarini mehmonxonada joylaştiriş çorasini kördi. Mazkur reysga oid ma'lumotlarni aviakompaniyaning Sankt-Peterburgdagi vakolatxonasidan +7-911-780-00-11 raqamiga hamda «Toşkent» aeroportining +99878-140-28-01, +99878-140-28-02, +99878-140-28-03, +99878-140-28-04 raqamlariga qönğiroq qilib oliş mumkinligi aytilmoqda.

Rossiya tergov qömitasi va Rosaviatsiya «Pulkovo» aeroportidagi holat yuzasidan tekşiruv olib bormoqda.