Kanada taşqi işlar vazirligi Kerç böğozida Ukraina kemalarining uşlanişi va Qrim sababli Rossiyaning 114 fuqarosi va 15 ta kompaniyasiga qarşi sanksiyalar kiritdi.

Ta'kidlanişiça, sanksiyalar Rossiya tomonidan 2018 yil noyabrda Qora dengizda Ukrainaning uçta harbiy kemasiga qarşi jangovar harakatlar olib borilgani va ukrainalik dengizçilarning qölga olinişiga javoban maxsus iqtisodiy çoralar haqidagi qonunga binoan kiritilgan.

Ottava, jumladan, “Rosneft” rahbari Igor Seçin, VTB rahbari Andrey Kostin, prezidentning Janubiy federal okrugdagi vakili Vladimir Ustinov, “Suxoy”, “Tupolev”, “MiG”, “Silovyye maşiny”, “Stroygazmontaj” va yana önta kompaniyaga qarşi sanksiyalar kiritgan.

Şuningdek, AQŞ moliya vazirligi Ukrainadagi vaziyat sababli Rossiyaga qarşi kiritilgan sanksiyalarni kengaytirgan. 

Sanksiyalar röyxatiga 6 rossiyalik amaldor, jumladan çegara xizmati rahbari örinbosari Gennadiy Medvedev, FXXning Qrim va Sevastopol böyiça çegara boşqarmasi boşliği Sergey Stankeviç va uning örinbosari Andrey Şenin, FXXning Qrim va Sevastopol böyiça boşqaruv punkti xizmati boşliği Ruslan Romaşkin kiritilgan.

Şuningdek, sanksiyalar tan olinmagan Donetsk xalq respublikasi markaziy saylov komissiyasi raisi örinbosari Aleksey Naydenko va komissiya kotibi Vladimir Visotskiyga, “Okeanpribor” va “Zvezda” AJ, Zelenodolsk zavodi, Yaroslavl kemasozlik zavodi, “Fiolent”, “Konsol-stroy”, “Novyye proyekty”, “Sudokompozit” korxonalariga qarşi kiritilgan. 

Avvalroq Yevropa Ittifoqi ham Kerçdagi voqea sababli Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritgandi.