Jahon | 21:56 / 16.03.2019
17103
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropaga AQShning oltita yadroviy bombardimonchi samolyotlari joylashtirildi

Foto: RIA Novosti

Buyuk Britaniyadagi Ferford aviabazasiga Amerikaning ikkita strategik bombardimonchi B-52H Stratofortress samolyotlari yetib keldi.

MilRadar resursi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotlar Luizianadagi Barksdeyl aviabazasidan havoga ko‘tarilgan va ertalab Britaniyaga yetib kelgan.

Shu bilan birga, keyingi ikki kun davomida AQShning uchta B-52 va bitta B-52H bombardimonchi samolyoti Buyuk Britaniyaga tashlangan. Shunday qilib, Ferford aviabazasiga oltita yadroviy bombardimonchi samolyot joylashtirilgan.

B-52 samolyotlari 1952 yildan 1962 yilgacha chiqarilgan va sobiq SSSRning istalgan nuqtasiga ikkita termoyadroviy bombani tashuvchi strategik bombardimonchi sifatida ko‘rilgan. Bu samolyotlar hozir ham Amerika HHKning eng uzoq masofaga ucha oladigan asosiy bombardimonchi samolyoti bo‘lib qolmoqda.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushko agarda AQSh Yevropada raketa joylashtiradigan bo‘lsa, Rossiya ham o‘zining Yevropa qismida yangi raketalarini joylashtirishini aytgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid