Elektron onlayn auksionlarni taşkil etiş markazining e-auksion savdo maydonçasida №0054791-sonli lot bilan joylaştirilgan Samarqand şahridagi «Avtomobillarga suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasi» bilan yaqindan tanişiş paytida manzilda suyultirilgan gaz bilan litsenziyasiz noqonuniy savdo faoliyati amalga oşirilayotganligini aniqlandi, deb yozadi samarqandlik bloger va jurnalist Mirzo Subhonov.

Bloger sözining isboti sifatida 14 mart kuni ASGQ şoxobçasidan 5 litr suyultirilgan gaz sotib olganlik töğrisidagi tovar çekini taqdim etgan. Berilgan savdo çekida tölov terminali Tayloq tuman Qörğonça qişloği manzilida joylaşgan «Sarvinoz Gaz Servis» MÇJga tegişli ekanligi körsatib ötilgan.

Samarqand şahri Çöpon ota maskani 50-A uy manzilida joylaşgan «IXDINAR» MÇJga tegişli bölgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyiş şoxobçasi Samarqand şahar iqtisodiy sudining 11.06.2018y. №4-1401-1802/975 – sonli hal qiluv qaroriga asosan korxonaning davlat oldidagi qarzdorligini söndiriş maqsadida Samarqand şahar MIB tomonidan xatlanib, sotiş uçun «E-IJRO» yagona elektron savdo maydonçasiga joylaştirilgan.
Uşbu mulkning boşlanğiç bahosi 2,1 mlrd söm qiymatda belgilangan bölsa-da, talabgor yöqligi tufayli savdodagi boşlanğiç narxi 1,3 mlrd sömgaça kamaytirilgan.

Blogerning gaz quyiş şoxobçasidan noqonuniy foydalanilayotganligi yuzasidan Samarqand şahar MIBga murojaati ortidan undan foydalanişdan bas qilinib, yana qaytadan muhrlangan.
Kun.uz mazkur ASGQŞni 15 mart kuni borib örgandi. Şoxobça yopiq, barça uskunalar Majburiy ijro byurosi Samarqand şahar bölimi ijroçisi D.Sattorov tomonidan imzolanib, muhrlangan. Ammo muhrlangan qoğozlarda sana körsatilmagan.




Biz yirtib taşlangan eski muhr izlarini ham kördik.

Samarqand viloyat MIB mutasaddilarining Kun.uz’ga tuşuntirişiça, Samarqand viloyat iqtisodiy sudining 17.04.2017 yildagi Özbekiston Respublikasi Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi Qaşqadaryo viloyat vakolatxonasi huzuridagi Hakamlik sudining 15.02.2017 yildagi qarzdor «IXDINAR» MÇJdan undiruvçi «Şörtanneftgaz» MÇJ foydasiga 1.942.094.875 söm qarz undiriş töğrisidagi, Samarqand viloyat xöjalik sudining 23.02.2017 yildagi qarzdor «IXDINAR» MÇJdan undiruvçi «Şörtanneftgaz» MÇJ foydasiga 502.407.710,64 söm asosiy qarz va 2.512.038 söm hakamlik yiğimi undiriş töğrisidagi, Samarqand şahar iqtisodiy sudining 20.02.2018 yildagi qarzdor «IXDINAR» MÇJdan undiruvçi «Şörtanneftgaz» MÇJ foydasiga 15.391.017 söm penya undiriş töğrisidagi, Samarqand şahar iqtisodiy sudining 23.03.2018 yildagi qarzdor «Ixdinar» MÇJdan undiruvçi «Şörtanneftgaz» MÇJ foydasiga 1.136.108.569 söm qarz undiriş töğrisidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Samarqand şahar bölimi ijro iş yurituviga 18.05.2017 yilda kelib tuşgan va şu kunning özida ijro işi yuritişini qözğatiş töğrisida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorning «InvestFinansbank» ATB Samarqand viloyat filialidagi hisob raqamlarining çiqim qismiga band solingan.
Qarzdor «IXDINAR» MÇJga tegişli bölgan mol-mulklarni qidiriş maqsadida tegişli taşkilotlarga sörov xatlari yuborilgan.
Mutasaddi idoralarga yuborilgan sörov xatlari asosida olingan ma'lumotlarga köra, qarzdorga tegişli bölgan Avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasi, ZIL 130-ATsTV rusumli, davlat raqam belgisi 30 105 YeAA bölgan gaz taşuvçi avtotransport vositasi, 19 turdan iborat nasos, zadvijkalar, qayta ulaniş klapanlari, boşqaruvçi klapanlar, burçakli ventillar borligi aniqlangan va ijro işlari yuzasidan amalga oşirilgan ijro harakatlari jarayonida xatlangan.
Xatlangan mol-mulklar «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonçasi orqali sotuvga çiqarilgan bölib uşbu mol-mulklar xaridorlar tomonidan qiziqiş bildirilmaganligi, sotilmaganligi sababli Özbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»gi Qonunning 56-moddasiga asosan mol-mulklarni boşlanğiç sotuv bahosidan 10% kamaytirilgan summada özida qoldiriş uçun undiruvçi «Şörtanneftgaz» MÇJga taklif xati berilgan.
Undiruvçi «Şörtanneftgaz» MÇJ 24.09.2018 yildagi №A04/ŞJ-6282-sonli javob xati bilan taklif qilingan mol-mulklarni öz balans hisobiga olişdan voz keçgan.
Undiruvçiga ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini öziga olişdan voz keçganligi sababli ijro hujjatini undiruvçiga qaytarib, ijro işi yurituvi tamomlangan.
Viloyat MIB boşliği örinbosari U.Butunovning Kun.uz muxbiriga tuşuntirişiça, qarzdorning xatlangan mulki elektron auksion orqali savdoga çiqarilgaç, u sotilmasa, undiruvçiga taklif etiladi. Agar u ham olişdan voz keçsa, ijro işi yakunlanib, mulk yana egasiga qaytariladi.
Xullas, bir marta auksionga çiqarilib, egasiga qaytarilgaç, «IXDINAR» MÇJga tegişli bölgan şoxobça, avtomobil va yuqorida sanab ötilgan uskuna va jihozlar Samarqand şahar iqtisodiy sudining 11.06.2018 yildagi qarzdor «IXDINAR» MÇJdan undiruvçi Samarqand şahar DSI foydasiga 49.440.769 söm soliq qarzini undiriş töğrisidagi ijro hujjatiga asosan röyxatga olingan va MÇJga tegişli bölgan avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasi davlat ijroçisining 19.11.2018 yildagi qaroriga asosan «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonçasi orqali sotuvga çiqarilgan.
Samarqand viloyat iqtisodiy sudining 17.04.2017 yildagi Özbekiston Respublikasi Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi Qaşqadaryo viloyat vakolatxonasi huzuridagi Hakamlik sudining 15.02.2017 yildagi qarzdor «IXDINAR» MÇJdan undiruvçi «Şörtanneftgaz» MÇJ foydasiga 1.942.094.875 söm qarz, Samarqand viloyat xöjalik sudining 23.02.2017 yildagi qarzdor «IXDINAR» MÇJdan undiruvçi «Şörtanneftgaz» MÇJ foydasiga 502.407.710,64 söm asosiy qarz va 2.512.038 söm hakamlik yiğimi, Samarqand şahar iqtisodiy sudining 20.02.2018 yildagi qarzdor «IXDINAR» MÇJdan undiruvçi «Şörtanneftgaz» MÇJ foydasiga 15.391.017 söm penya undiriş töğrisidagi, Samarqand şahar iqtisodiy sudining 23.03.2018 yildagi qarzdor «IXDINAR» MÇJdan undiruvçi «Şörtanneftgaz» MÇJ foydasiga 1.136.108.569 söm qarz undiriş töğrisidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Samarqand şahar bölimi ijro iş yurituviga 21.02.2019 yilda qayta kelib tuşgan va şu kunning özida ijro işi yuritişini qözğatiş töğrisida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.
Şuningdek, qarzdor «IXDINAR» MÇJga tegişli bölgan avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasi 14.03.2019 yilda borib közdan keçirilganda davlat ijroçisi tomonidan qöyilgan muhrlar uzilganligi aniqlanib, qarzdorga tegişli bölgan avtomobillarga gaz quyiş şoxobçasi davlat ijroçisi tomonidan 14.03.2019 yilda qayta muhrlangan.
«Hozirgi kunda uşbu ijro hujjatlari yuzasidan ijro harakatlari olib borilayotganligini ma'lum qilamiz», — deyiladi Samarqand viloyat MIB tuşuntirişida.
Biz mazkur şoxobçada suyultirilgan gaz bilan savdo qilgan «Sarvinoz Gaz Servis» MÇJ vakillari bilan ham suhbatda böldik.
— «IXDINAR» MÇJning bizning taşkilotimiz oldida ham qarzi bor. Biz ularni sudga bermasdan, özaro kelişuv asosida bu şoxobçadan ijara asosida foydalanib, «IXDINAR» MÇJning soliq va boşqa kommunal tölovlarni tölaş orqali, işçilariga maoş beriş, şuningdek, ijara haqi hisobiga örtadagi qarzni kamaytirişga kelişgan edik. Iş boşlaganimizga endi ikki oy böldi. Bu şoxobça bizga taqdim etilganida muhrlanmagan edi, — deyişdi «Sarvinoz Gaz Servis» MÇJ vakili.
Hozirça Samarqand şahar MIB tomonidan, auksionga çiqariş uçun xatlangan mol-mulk işlatilganligi, mazkur maskanda boşqa taşkilot tomonidan savdo olib borilgani uçun tegişli jazo çoralari körilganligi haqida axborot olmadik.
MIB Samarqand viloyat bölimining tuşuntirişida majburiy ijro harakatlari davomida «IXDINAR» MÇJning «Invest Finans bank» ATB Samarqand viloyat filialidagi hisob raqamlarining çiqim qismiga band solinganligi ma'lum qilingan. Bu holda, şoxobçada elektr energiyasi uçun oldindan tölovlar qay tarzda amalga oşirilgani ham qiziq.
Kun.uz uşbu masalaga ham albatta oydinlik kiritadi.
Şuhrat ŞOKIRJONOV,
Kun.uz muxbiri.
P.S. Mazkur holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Samarqand şahar bölimining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, qarzdor «IXDINAR» MÇJ rahbari Rustam Nasimov tomonidan uning zimmasiga muayyan harakatlarni sodir etiş yoxud ularni sodir etişdan özini tiyiş majbariyatini yuklovçi ijro hujjatini uzrsiz sabablarga köra davlat ijroçisi tomonidan unga yuklatilgan talablarni bajarilmaganligi sababli davlat ijroçisining 15.03.2019 yildagi qarori bilan Özbekiston Respublikasi MJtKning 198(1)-moddasiga asosan eng kam iş haqining ön baravari miqdorida ya'ni 2 mln. 27 ming 300 söm jarima jazosi qöllanilgan.
Qarzdor «IXDINAR» MÇJning elektr energiyasidan bölgan qarzdorligi 2019 yil 19 mart holatiga 1 mln. 993 ming sömni taşkil qilişi ma'lum qilingan.
Bugungi kunda qarzdor «IXDINAR» MÇJning faoliyati davlat ijroçisi tomonidan töxtatilganligi, faoliyat körsatmayotganligi va hozirgi kunda uşbu ijro hujjatlari yuzasidan ijro harakatlari olib borilayotganligini ma'lum qilingan.












