Prezident davlat xavfsizlik xizmati öz xavfsizligi boşqarmasi sobiq boşliği Şuhrat Rasulov 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
U Komil Allamjonovga suiqasdning asosiy buyurtmaçisi sifatida qölga olingandi.
Oliy sud matbuot xizmati xabariga köra, suiqasd ijroçilari sifatida Şohrux Ahmedov va Ismoil Jahongirov ham 23 yil muddatga qamalgan.
Ular tarmoqlarda videomurojaat çiqarib, Komil Allamjonovga suiqasd işi böyiça ijroçi ekanini tan olgandi.

Buyurtmaçi va ijroçilar örtasida vositaçilik qilgan Javlon Yunusovga 18 yil berilgan.
Toşkent şahar IIBB boşliğining sobiq birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayevga 7 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. U jinoyatni yaşirişga uriniş va tergov jarayoniga xalaqit qilişda gumonlangandi.
Yana 5 nafar sudlanuvçiga qilmişiga muvofiq ravişda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qiliş jazolari tayinlangan.
Şov-şuvli suiqasd
26 oktyabr kuni soat 01:40 atrofida Komil Allamjonov haydovçisi bilan birga Range Rover rusumli avtomobilida uyiga ketayotganda Qibray tumanidagi Ifor köçasida ikki noma’lum şaxs ulovni öqqa tutadi. Suiqasd natijasida heç kim jabrlanmaydi.
Boş prokuratura ertasi kuniyoq bu borada rasmiy ma’lumot berib, ikki gumondor qölga olinganini xabar qilgandi. Şundan keyin iş böyiça heç qanday tafsilotlar ma’lum qilinmayotgandi.
Komil Allamjonov Özbekiston prezidenti matbuot kotibi, prezidenti ma’muriyatida axborot siyosatiga mas’ul şaxs sifatida işlagan. Şavkat Mirziyoyev ma’muriyatida yuqori martabali mulozimlardan biri edi. Suiqasddan oldinroq Allamjonov işdan ketgan va xususiy sektorda faoliyatini davom ettirişini aytgandi.
Unga uyuştirilgan suiqasd zamonaviy Özbekiston siyosatida kuzatilmagan holat bölib, hozirgaça biror amaldagi yoki sobiq mulozimni öldirişga uriniş haqida rasmiy xabar berilmagan.
27 oktyabr kuni birinçi gumonlanuvçi uşlangani ma’lum qilindi











