Toşkent şahar IIBB boşliğining sobiq birinçi örinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyoroviç Toşxöjayev 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

U Komil Allamjonovga suiqasd işida ayblangan.

Doniyor Toşxöjayev köp yillar Toşkent şahar IIBB boşliği örinbosari lavozimida işlagan, 2020-2022 yillarda Farğona viloyati IIB boşliği bölgan, 2024 yil noyabrida Toşkent şahar IIBB boşliği birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

U işdan ketganidan bir hafta ötib, dekabr oyi boşida qölga olingan. Toşxöjayev jinoyatni yaşirişga uriniş va tergov jarayoniga xalaqit qilişda gumonlangandi.

Mazkur iş doirasida IIVning yana ikki mansabdori — IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boşliği Ahrorjon Adhamov hamda Toşkent şahar IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boşqarmasi Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi boşliği Timur Sobirov ham işdan olingan edi.