Prezident administratsiyasi sobiq mulozimi Komil Allamjonovga uyuştirilgan suiqasddan keyin qamoqqa olingan uning atrofidagi şaxslarga qöyilgan ma’muriy ayblovlar olib taşlandi.
7 nafar fuqaro mayda bezorilik va içki işlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslikda ayblanib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Advokatga köra, ular asossiz ravişda qamalgan, ayblilikni isbotlovçi dalillar yöq va işni körişda köplab kamçiliklarga yöl qöyilgan.
Bu işni Oliy sudda taftiş tartibida köriş 21 fevral kuni yakunlanib, sud qarori e’lon qilindi.
Qarorga köra, ma’muriy huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovçi dalillar yetarli bölmagani sababli B.Yoqubov, S.Siddiqov, A.Qurbonmurodov, A.Taşov, A.Salimov, J.Turğunov va X.Zufarovga nisbatan çiqarilgan sud qarorlari bekor qilinib, ma’muriy huquqbuzarlikka oid iş MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan tugatildi.
“Iş yuzasidan suriştiruv harakatlarini olib borişda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovçi dalillarni töplaş çoralarini körmagan IIB xodimiga nisbatan Içki işlar vazirligiga, şuningdek işni sudda körib çiqişda huquqbuzarlik hodisasini tasdiqlovçi dalillar yetarli emasligiga e’tibor bermagan sudyalarga nisbatan Sudyalar malaka hay’atiga xususiy ajrimlar çiqariş yöli bilan munosabat bildirildi”, – deyiladi Oliy sud axborotida.

















