Joriy mavsum yakunida Menxengladbaxning «Borussiya» klubida boş murabbiy almaşadi. Klub rasmiy saytida ma'lum qilişiça, yozda Diter Hekking örniga Marko Roze boş murabbiy sifatida iş boşlaydi.
42 yoşli nemis mutaxassisi Roze ayni paytda Avstriyaning «Redd Bull» klubini boşqarmoqda. U Zalsburg klubiga 2017 yilda boş murabbiy etib tayinlangunga qadar 4 yil klubning yoşlar jamoasiga ustozlik qilgan.
Marko Roze «Redd Bull» boş murabbiyi sifatidagi ilk mavsumida klubni mamlakat çempionligi sari boşlab borgan, Yevropa ligasida yarim finalga qadar, Avstriya kubogida esa finalgaça yetib borgan. Bu yilgi mavsumda ham uning jamoasi çempionatda peşqadamlik qilmoqda, ketma-ket ikkinçi mavsumda mamlakat kubogi finaliga yöl olgan.
Menxengladbaxliklar jamoasida 2017 yil boşidan buyon Diter Hekking boş murabbiy sifatida işlamoqda. Ayni paytda klub Bundesligada 28-turdan keyin 5-örinda bormoqda.
Avvalroq «Borussiya M» direktori yarimhimoyaçi Torgan Azar yozda klubdan ketişini tasdiqlab, unga da'vogarlarni sanab ötgandi.
















