Germaniya çempionatining 13-turidan örin olgan Myonxengladbaxning «Borussiya» va «Bavariya» klublari örtasidagi bahs şiddatli tarzda keçdi.
Birinçi bölimda, mezbonlar biroz taşabbusga ega bölib, Azar va Ginterning 5 daqiqa içida urgan gollari evaziga, ikki töp farqi bilan hisobda oldinga ötib oldi.
Ikkinçi bölimda, «Bavariya» köproq hujum uyuştirdi. Ammo faqat 74-daqiqaga kelib, Vidalning goli tufayli, hisobni qisqartirdi. Sönggi daqiqalarda myunxenliklar katta kuç bilan oldinga ötdi. Mezbonlar esa qarşi hujumlarda xavfli öynadi. Gol uriş uçun har ikkala jamoada imkoniyat bölsa-da, hisob öyin oxiriga qadar özgarmadi.
Natijada, «Bavariya» yangi boş murabbiy Yupp Haynkes qöli ostida çempionatdagi ilk mağlubiyatini qabul qildi. Şunday bölsa-da, «Bavariya» 29 oçko bilan musobaqa jadvalidagi peşqadamlikni saqlab qoldi. «Borussiya» M 24 oçko jamğarib, törtinçi öringa kötarildi.
Bundesliga, 13-tur
Borussiya M – Bavariya 2:1 (2:0, 0:1)
25 noyabr, «Borussiya-Park» stadioni
Gollar: 1:0 – 39, penalti Azar, 2:0 – 44 Ginter, 2:1 – 74 Vidal.
Borussiya M – Zommer, Ginter, Vendt, Elvedi, Vestergor, Xerrmann, Zakariya, Kramer (Yançke, 11; Djonson, 46), Azar, Ştindl, Raffael (Drmiç, 90).
Bavariya – Ulrayx, Zyule, Martines, Bernat (Koman, 45), Xummels, Rudi (Vridt, 68), Kimmix, Vidal, Tolisso, Xames (Fridl, 46), Levandovski.
Ogohlantirişlar: Tolisso (31), Elvedi (65).

















