2019 yil 1 aprel holatiga respublikada faoliyat körsatayotgan kiçik korxona va mikrofirmalarning soni 289,7 mingtani taşkil etgan. Bu körsatkiç ötgan yilga nisbatan 21,4%ga oşgan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qömitasi.
2019 yil yanvar-mart oylarida 30,4 mingdan ziyod kiçik korxona va mikrofirmalar yangi taşkil etilgan. Bu esa ötgan yilning şu davriga nisbatan soliştirilganda 17,2 mingtaga köproqdir.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat körsatayotgan jami 289,7 mingta kiçik korxona va mikrofirmalarning 83,1 mingta (28,7%) – savdo, 61,8 mingta (21,4%) - sanoat, 31,4 mingta (10,8%) - quriliş, 25,4 mingta (8,8%) - qişloq, örmon va baliq xöjaligi, 21,6 mingta (7,4%) - yaşaş va ovqatlaniş böyiça xizmatlar sohasi, 13,9 mingta (4,8%) - taşiş va saqlaş, 7,0 mingta (2,4%) - axborot va aloqa sohasi, 5,6 mingta (1,9%) - soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlar körsatiş, şuningdek, 39,9 mingtasi (13,8%) - boşqa faoliyat turlari hissalariga töğri keladi.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida esa eng köp savdo 13304 ta, sanoat 6444 ta, quriliş 2789 ta va qişloq, örmon va baliq xöjaligi 1835 ta taşkil etilgan. Eng kam esa soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmat körsatiş 297 ta, axborot va aloqa 366 ta hamda taşiş va saqlaşda 879 ta taşkil etilgan.
Eng köp yangi taşkil etilgan kiçik korxona va mikrofirmalar Toşkent şahri (6304 ta), Samarqand (2940 ta), Toşkent (2856 ta) va Farğona (2851 ta) viloyatlari hissasiga töğri keladi. Eng kami Sirdaryo (789 ta), Navoiy (889 ta) viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida (1280 ta).
Bundan oldin, Statistika qömitasi yangi kompaniyalar soni keskin ösgani haqida xabar bergandi.












