Ubisoft kompaniyasining Assassin's Creed Unity kompyuter öyini kuçli yonğindan talofat körgan Parijdagi Notr Dam soborini tiklaşda yordam berişi mumkin. Bu haqda GPS World ma'lum qildi. 

Ta'kidlanişiça, kompaniya rassomi Kerolin Miuss soborning uç ölçamli aniq nusxasini yaratiş ustida 2 yil işlagan. Uning aytişiça, sobordagi har bir ğişt örganib çiqilgan.

Unity öyinidagi voqealar Parijda XVIII asr oxirida yuz beradi. Bu öyin Assassinʼs Creed seriyasidagi öyinlardan birinçisi bölib, unda köplab binolar va arxitektura yodgorliklari birga-bir qilib yaratilgan. Öyinda soborni eng mayda detallargaça örganiş mumkin.

Bundan taşqari, soborni tiklaşda san'atşunos Endryu Tellon ötkazgan tadqiqot yordam berişi mumkin. Bir neça yil avval u lazer skanerlaş texnologiyasi yordamida soborning töliq rejasini tuzib çiqqan.

15 aprelda Parij ramzlaridan biri bölgan Notr Dam de Pari soborida yonğin çiqqan. Yonğin oqibatida soborning tomi, XIX asrda örnatilgan şpili, soati qulab tuşgan.  

Ma'lumotlarga köra, tarixiy obidani tiklaş uçun 15 yilgaça vaqt va köplab mablağ talab etilişi mumkin.