Falastin va Isroil öt oçişni töxtatişga kelişib oldi. Bu haqda Ğazo sektoridagi telekanallar xabar qilgan.

Reuters axborot agentligining falastinlik manbaga iqtibos keltirgan holda xabar berişiça, Misr vositaçiligida erişilgan kelişuv 6 may soat 4.30dan amal qila boşlaşi belgilangan.

Keyinroq isroillik harbiylar Falastin tomonidan öt oçilişi sababli mamlakat janubi aholisi uçun kiritilgan barça çeklovlar soat 7dan olinişini e'lon qilişgan. Bu esa öt oçişni töxtatiş haqida kelişuvga erişilganini tasdiqlaşini bildiradi.    

May boşida falastinliklar tomonidan Isroilning öqqa tutilişi boşlangandan keyin Isroilga 600 ga yaqin raketa va minalar otilgan. Isroillik harbiylar bunga javoban Ğazo sektoridagi deyarli 300 ga yaqin obektga aviazarba bergan. Oxirgi ma'lumotlarga köra, özaro hujumlar oqibatida Isroil tomonidan 4 kişi, Falastindan 25 kişi halok bölgan.  

Özaro zarbalar berilişi ikki tomon örtasida deyarli bir oylik osoyiştalikka çek qöygan va 2014 yil yozidan beri eng köp qon tökilgani bölgan. Bu holat Tel-Avivda may örtasida ötkazilişi belgilangan “Yevrovideniye” xalqaro musiqiy tanlovi ötkazilişini xavf ostiga qöyişi mumkin.