Britaniya politsiyasi London meri Sodiq Xonni oxirgi 3 oyda öz nomiga jismoniy yöq qiliniş tahdidlari bildirilgan 237 dan köproq xabar olgani sababli kunböyi qöriqlaydigan böldi.
Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolişi tarafdori bölgan Sodiq Xon öz nomiga tahdidlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali olmoqda.
“Bu odamlar meni qörqita olmaydi. Şu bilan birga yaqinlarim xavotirlanayotganliklarini yaşira olmayman”, deb aytgan London meri.
Şu sababli Xonga qöriqçilar biriktirib qöyildi.
“Men London meri va musulmon bölganim uçun menga politsiya himoyasi talab qilinayotgani notöğridir”, deb aytgan Sodiq Xon.
Xon 2016 yil mayida London meri etib saylangan. Xon uşbu lavozimni egallagan ilk musulmon böldi. U ultraöng va aksilislom guruhlari tomonidan öz nomiga muntazam tahdidlar oluvçi şaxslar röyxatiga kiradi.












