«Mançester Siti» Angliya çempionligini qölga kiritdi, lekin mavsumning asosiy individual sovrinlari «Liverpul» futbolçilariga nasib etdi. Premer-Liga töpurarlariga beriladigan «Oltin butsa»ni 22tadan gol urgan uç futbolçi uçun ham berildi, «Arsenal» hujumçisi Per-Emerik Obameyangdan taşqari «Liverpul»ning ikki hujumçisi Muhammad Saloh va Sadio Mane qölga kiritişdi. Eng köp «quruq» öyin (21) ötkazgan Alisson Beker APLdagi ilk mavsumidayoq «Oltin qölqop»ni yutib oldi.

Eng asosiy sovrin - «Mavsumning eng yaxşi futbolçisi» ham «Liverpul» a'zosiga nasib qildi. Niderlandiyalik himoyaçi Virjiyl van Deyk APLning joriy mavsumidagi tengsiz futbolçisi deb tan olindi.

Angliyada mavsumning eng yaxşilarini bir neça marta aniqlaşadi. Professional futbolçilar assotsiatsiyasi alohida, jurnalistlar alohida eng yaxşilarni taqdirlaydi. Premer-Liganing özi esa klub sardorlari va ekspertlar iştirokida sörovnoma ötkazib, mavsum qahramonlarini aniqlaydi va aynan mana şu rasmiy mukofot hisoblanadi.

Professional futbolçilar assotsiatsiyasi ham van Deykni mavsumning eng yaxşi futbolçisi deb topgandi. Jurnalistlar esa öz sovrinlarini Rahim Sterlingga topşirişdi. APLning asosiy va rasmiy mukofoti uçun ham Sterling hamda van Deyk asosiy nomzod edi. Sterling ikki yildirki super öyin körsatib, jamoasining ketma-ket ikkinçi çempionligida katta hissa qöşdi, ammo nega van Deyk eng yaxşi deb topildi? Uning ustunligi nimada?

Avvalo bu mukofotni himoyalanadigan futbolçilardan kimlar qölga kiritganiga e'tibor bersak. 2011/12 yilgi mavsumda «Mançester Siti» sardori Vensan Kompani, 2008/09 hamda 2010/11 yilgi mavsumda «MYu» vakili Nemanya Vidiç, 2000/01 yilgi mavsumda esa «Arsenal»dan Patrik Viyeyra. Viyeyra himoyaçi emas deyişingiz mumkin, lekin u tayanç zonasida asosan raqib hujumlarini buziş bilan şuğullanar va himoyadagilarning işini yengil qilardi.

Ançadan buyon APLda van Deyk kabi kuçli himoyaçi körinmayotgandi. Keling, Premer-Liganing oxirgi çempionlari va bu jamoalarning markaziy himoyaçilariga bir köz yugurtiramiz. «Mançester Siti» ikki mavsumdan buyon boş sovrinni heç kimga bermayapti. Gvardiola jamoasining mudofaa markazida Vensan Kompani, Jon Stounz, Aymerik Laport, Nikolas Otamendi kabi futbolçilar öynaşdi. Bu futboçilar jamoasining çempionligida öz hissasini qöşgani bor gap, ammo ularning heç biri barqaror öyin körsata olmadi.

Otamendi ortda qolgan mavsumni deyarli zaxirada ötkazdi. Jon Stounz bilan ham şunday böldi. Kompani yana qaytdi, lekin u ham oldingi kabi sport formasida emas. Birgina Laportning öyinini işonçli deb ataş mumkin edi, lekin mavsumning hal qiluvçi öyinida, YeÇL yarimfinalida «Tottenhem»ga qarşi öyinda öz jamoasiga ikkita gol urilişiga sabab böldi. Içki çempionat öyinlarida ham mudofaa çiziğida van Deyk kabi butun jamoa himoyasini tartibga keltira olgani yöq. «Mançester Siti» öz öyinlarida himoyasining mustahkamligi evaziga emas, haddan taşqari köp hujum qilişi, töxtovsiz pressing evaziga ğalabalarga erişdi.

Kontening «Çelsi»si himoyada zör öyin körsatgandi. Ammo italiyalik murabbiyning jamoasi aynan himoya çiziğining emas, jamoaviy himoyalaniş evaziga çempion bölgandi, desak xato bölmaydi. Masalan, öşa mavsumning eng yaxşi futbolçisi N’Golo Kante bölgandi. U tayanç yarim himoyasida köp iş qilgandi. David Luis hamda Gari Keyxill kabi asosiy himoyaçilar köplab xatolari bilan ham yodda qolişgan.

«Lester»ning çempionlik mavsumida markaziy himoyada Robert Hut hamda Ues Morgan öynagan. Körinişidan futbolçiga emas, oğir atletikaçiga öxşaydigan bu yigitlar «tulkilar»ning möjizali çempionligida köp iş qilgandi, ammo ular öşa vaqtda APLning eng yaxşi himoyaçilari önligiga ham kirişmasdi.

Van Deyk nega eng yaxşi böldi degan savolga javob oliş uçun nega Sterling eng yaxşi bölmadi degan savolga javob berişning özi kifoya. Rahim super mavsumni ötkazganini tan olgan holda aytiş kerakki, unga öxşab öynaydigan futbolçilar köp. «Siti»ning özida Sterling kabi çaqqonoyoq boşqa futbolçilar ham topiladi: Sane, Bernardu Silva, Foden. Ammo van Deyk kabi butun boşli jamoa himoyasini tartibga solgan futbolçilar dunyoning eng zör ligasida ham köp emas.

Van Deykning yana bir ustunligi şundaki, u mudofaadagi kamçiliklar sabab juda köp öyinlarda mağlub bölgan jamoaga kelib, himoyadagi pala-partişlikni epaqaga keltirdi. Ötgan mavsumlarda juda köp gol ötkazgan «Liverpul» bu mavsumda atigi 22ta gol qöyib yubordi va bu borada APLdagi eng yaxşi natijani körsatdi. Eng köp «quruq» öyin ham (21ta) aynan «Liverpul»da. Bunda Alisson bilan birga van Deykning ham hissasi katta.

Van Deyk «Liverpul»ga ötgan mavsum avvalida kelganiga qaramay, jamoaga juda tez moslaşdi. Bugun u klubning vitse-sardori. 1991 yilda tuğilgan futbolçi Niderlandiya milliy jamoasida ham sardor. Ba'zi futbolçilarda yetakçilik qobiliyati tuğma böladi. Masalan Fabregas 21 yoşida «Arsenal»da sardor edi. Bu mavsumdagi öyinlari sabab butun dunyodagi muxlislar yaxşi körib qolgan «Ayaks» sardori Matias De Ligt 19 yoşli yigitça. Van Deykdagi yetakçilik xususiyati «Sauthempton»dayoq sezilgandi. Murabbiylar aynan mana şunday himoyaçilarni qadrlaşadi.

«Jin ursin, Virjiyl uçun 84 million tölaşdimi?»

Van Deykning bolaligi oson keçmagan. Uning ba'zi xotiralari bilan örtoqlaşsak, zarar qilmas. Van Deykning otasi niderlandiyalik, onasi esa surinamlik. Himoyaçi onasiga tortgani taşqi qiyofasidan körinadi. Futbolçining otasi uni onasi bilan taşlab ketgan, şu sabab futbolçi libosiga van Deyk deb yozişlarini istamaydi. Çunki bu otasining familiyasi. Şu bois uning libosida Virjiyl yozilgan.

Uning onasi politsiya ofitseri bölib işlagan. Ular Groningenda yaşaganida bölajak futbolçi futbol bilan şuğullaniş uçun özi pul topişga qaror qiladi. Şu maqsadda şahardagi fast-fud sotiladigan oşxonaga idiş yuvuvçi bölib işga kiradi. U yerda oyiga 400 yevro atrofida pul işlaydi: «Men oladigan pulimdan xursand edim, çunki bu pullar xarajatlarimga yetib turardi. Bundan taşqari, töygunimça makdonalds yeyişim va döstlarimni ham mehmon qilişim mumkin edi»,- deb eslaydi Virjiyl öşa damlarni.

Angliyalik jurnalistlar futbolçi 10 yoşida işlagan öşa oşxonani topib borib, u yerning xöjayini Jak Lips bilan gaplaşişdi. Oşxona egasi van Deyk 84 million yevro evaziga «Liverpul»ga ötganini eşitib, hayratda qoldi: «Jin ursin, bizda idiş yuvib yurgan Virjiyl uçun 84 million yevro tölaşdimi? Şoşmang, men bu raqamlarni takrorlab aytib körişim kerak. 84 million yevro-ya! Adaşmasam, men unga oyiga 300 yevro berardim.

Virjiylni bu yerda hamma yaxşi körardi. Uning futbolçi bölişni xohlaşini bilardim. Katta futbolçini eşitganimda xursand böldim. Unga qönğiroq qilib boğlana olmadim. Işga qaytarmoqçi emasdim albatta (kuladi), şunçaki hol-ahvol söramoqçi böldim. U haqda nima deya olaman? Işga vaqtida kelardi, hatto tungi navbat almaşişda ham keçikmasdi. Idişlarni toza yuvardi»,- deydi sobiq işçisi haqida janob Lips.

Kördingizmi, bugun «Liverpul» himoyasini tartibga keltirgan Virjiyl yoşligidan tartibni yaxşi körgan: işga vaqtida kelgan, idişlarni ham toza yuvgan. Uning hayotini yoş futbolçilarga örnak qilib körsatiş mumkin. Virjiylning otasi haqida ham gapirib ötiş kerak. Ron van Deyk Niderlandiyada oddiy televizor ustasi bölib işlaydi. U öğlini futbolga olib borganini aytadi. Virjiyl «Liverpul»ga ötganida otasi Facebook’dagi sahifasida öğli bilan faxrlanişini yozadi.

Virjiyl «Sauthempton»da öynab yurgan vaqtida otasini jamoasi öyiniga taklif qilgan, lekin Ron taklifni rad etgan. U Virjiyl otam pulim köpaygani uçun men bilan aloqani tikladi deb öylaşini xohlamagan. Futbolçining birinçi jamoasi «VDS’19» murabbiylari aynan otasi Virjiylni futbolga olib borganini eslaşadi. Darvoqe, «Sauthempton»da öynab yurgan vaqtida Virjiyl birinçi jamoasidagi murabbiylariga minnatdorçilik bildiriş uçun borib, 3 kun bolalar jamoasi bilan maşğulot ötkazgan. Bolalarga özining Niderlandiya milliy jamoasidagi libosini sovğa qilgan. Ana şunaqa gaplar.

Van Deykning bu mavsumdagi bir harakati muxlislarni himoyalanişni ham yaxşi körişga undagan bölsa kerak. Esingizda bölsa, «Tottenhem»ga qarşi öyinda van Deyk birdaniga ikki futbolçini «yopgandi». Sissoko va Son Xyon Min darvoza tomon katta tezlikda borayotganida Virjiyl ularning qarşisiga çiqdi va ikkalasiga ham birdaniga tösqinlik qildi. Oqibatda «Tottenhem» futbolçilari gol ura olişmadi.

«Uotford» hujumçisi Troy Dini «Liverpul» bilan öyindan söng şunday degandi: «Virjiylga qarşi öynaş qiyin, u juda katta». Ha, futbol faqat hujum qiliş, gollar urişdan iborat emas. Himoya ham futbolning ajralmas qismi. Van Deykning «Tottenhem»ga qarşi öyindagi harakatlarini hali köp vaqt eslab yuramiz. Har bir çiziqning yulduzlari bölişi futbolni töliqroq anglaşga yordam beradi. Xullas, köz öngimizda yana bir super himoyaçi va yetakçining paydo bölganidan xursand bölsak arziydi, şunday emasmi?

Ötkir Jalolxonov