Qişki transferlar oynasi navbatdagi rekord bilan boşlandi. «Liverpul» 26 yoşli niderlandiyalik himoyaçi uçun 75 million funt töladi. Virjiyl van Deyk dunyodagi eng qimmat himoyaçiga aylandi. Xöş, bu kelişuv navbatdagi aqldan ozişmi yoki futbol olami uçun bunday transferlar oddiy holga aylanib bormoqdami?

Klopp aynan Virjiylni istagandi

Foto: BBC Sports

Agar iyul oyiga qaytadigan bölsak, özimizni janjalning öçoğida köramiz. Yurgen Klopp Blekpulda Van Deyk bilan şaxsan uçraşdi va uni «Enfild»ga köçib ötişga köndirişga harakat qildi. Klopp bu vazifaning uddasidan çiqqani ehtimol, ammo bu uçraşuv haqida jurnalistlarning xabar topgani işning beliga tepdi.

«Sauthempton» bu voqeadan xabar topdi va APL rahbariyatiga şikoyat xati yölladi. Ma'lum bölişiça, klubning xabarisiz futbolçi bilan muzokaralar ötkaziş  - tapping up, umuman qoidaga xilof ekan. Natijada «Liverpul» rasman uzr söraşiga va endigina boşlangan muzokaralarni töxtatişiga töğri keldi, Virjiyl van Deyk esa, «iş taşlaş»ni boşlab yubordi. Gollandiyalik himoyaçiga Yurgen Klopp şunçalik yoqib qolgandiki, u özi bilan qiziqayotgan «Siti»ga ham, «Çelsi»ga ham qiyo boqmadi.

«Liverpul»ning kayfiyati ham tuşib ketgandi. Eng asosiy transfer maqsadini boy bergan klub «Hall Siti»dan Robertsonni sotib oliş bilan kifoyalandi. Ammo jamoa markaziy himoyasiga yangi futbolçi kerak ekani aniq edi, axir mavsumga faqat Matip, Lovren va Klavan bilan kirib kelib bölmaydi-ku?

Stiven De Vrey, Xolid Kulibali, Benedikt Xevedes, Maykl Kin, Niklas Zyule – bu nomlar Virjiylning örniga xarid qilinişi mumkin bölgan markaziy himoyaçilar sifatida matbuot tomonidan köp tilga olindi, ammo Kloppga faqat Virjiyl van Deyk kerak edi.

Taqqoslaş uçun bir fakt. Muhammad Saloh Klopp uçun uçinçi variant bölgan. Murabbiy köproq Brandt va Mayyerga qiziqiş bildirgan. Ammo bu transferlarda qiyinçilik yuzaga kelgaç, murabbiy ulardan osongina voz keçib, Salohga rozi bölgan. Virjiyl van Deykdan esa, Klopp voz keçmadi va uşbu transferni kutişga köndi. Demak nimadir bor.  

Virjiyl rostan ham yaxşi himoyaçi

Foto: BBC Sports

Niderlandiyalik futbolçining ustunliklarini köriş uçun Kloppning közoynagi şart emas. U ötgan mavsumda Angliyaning eng yaxşi himoyaçilaridan biri böldi va buni «Liverpul»ning özi ham «öz tanasida his qildi». «Sauthempton» avvaliga Klopp şogirdlarining ğalabali seriyasiga nuqta qöydi, keyin esa, Liga kubogi yarim finalidan çiqarib yubordi. Bu öyinlarda Virjiyl boşçiligidagi himoya çiziğining xizmati juda katta bölgandi.