Bugun, 21 may kuni Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligi mexanizatsiyalaş muhandislari instituti qoşidagi International House-Tashkent anjumanlar zalida 22 may - Xalqaro bioxilma-xillik kuni munosabati bilan tadbir bölib ötdi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri. Unda Davlat ekologiya qömitasi, Fanlar akademiyasi Botanika instituti, Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar boşqarmasi, Surxon davlat qöriqxonasi mas'ullari hamda BMT Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi vakili Matilda Dimovski iştirok etdi.

Matilda Dimovski biologik xilma-xillikni asrab qoliş uçun boşqa sohalar faoliyatini bir maromga soliş kerakligi, jadal iqtisodiy rivojlaniş tabiiy resurslardan notöğri foydalanişga zamin yaratişining oldini olişiga urğu berdi. 

“Iqtisodiyot va boşqa yönalişlar jadal rivojlanişi ekologiyaga katta zarar yetkazadi. Ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik harakatlar parallel olib borilişi, ya'ni koevolyutsiya yölga qöyilsagina biz tabiatni asragan bölamiz”, dedi u.

“Mountain Herbs” MÇJ direktori Danil Isakovning sözlariga köra, dengiz sathidan 3200 metr balandlikdagi yerlarda heç qanday maysa ösmayapti. Bundan ayniqsa Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlari juda köp zarar körgan. 

“Çorva mollari notöğri boqilişi sababli köp hududlarda 20-30 yilgaça heç narsa ösmaydi. Şu bois köp ösimlik turlaridan ayrildik. Uşbu hududlarda kamida 40 yildan keyin ösimlik unişi va yoki umuman unmasligi mumkin. Bu Özbekiston flora dunyosi uçun katta xavf. Men yoşlar va mutasaddilarni bu masalaga alohida e'tibor qaratişga çaqiraman”, dedi u.

Ma'lumot berilişiça, respublika hududida, asosan Amudaryo böyi va toğ tizmalarida qor qoploni yaşagan. Bu noyob yirtqiç u yaşaydigan qamişzorlarning özlaştirilişi va terisi uçun ovlanişi natijasida qirilib ketgan. Davlat ekologiya qömitasi, BMT Taraqqiyot dasturi va GEF qöşma loyihasi eksperti Yelena Bikova hozirda soni neçtaligi ham noma'lum bölgan bu jonivor yaşaşi va köpayişini ta'minlaş maqsadida Özbekiston uçun qor qoplonini monitoring qiliş tizimini taqdim etdi. Bu loyiha 2017 yil may oyidan 2022 yil mayigaça amalga oşirilişi közlangan bölib, uning umumiy qiymati 31 mln 509 ming AQŞ dollaridan ortiqroqni taşkil etadi.

Professor Yusuf Şodmetovning aytişiça, “Yer sayyorasining qariyb 60 % ekotizimi inqirozga uçramoqda. 87 ta suv va suv yonbağrlari, 46 ta çöl va 43 ta toğ ekotizimlari yöqolib ketiş arafasida. 

“Bu sayyora uçun juda katta xavf. Hayot bioxilma-xillik bölgandagina davom etadi. Biz bioxilma-xillik va tabiatni asraşga qaratilgan juda köp milliy dasturlarga egamiz. Ammo tan oliş kerakki, ular yetarliça işlamayapti. Özbekiston bioxilma-xilligi u qadar boy emas. Har qanday tabiiy ofat unga salbiy ta'sir körsatişi mumkin” dedi u hamda Davlat ekologiya qömitasi va boşqa mas'ul taşkilotlarni yanada samarali işlaşga çaqirdi.

Tadbir davomida sohadagi muammolar faktlar bilan bayon qilindi, ammo aksariyat muammolarga yeçim taqdim qilinmadi. Jumladan, iştirokçilardan birining daraxtlarning noqonuniy kesilişi masalasi bilan kim şuğullanişi kerakligi haqidagi savol oçiq qoldi.

Şuningdek, Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori Komiljon Tojiboyev olimlar izlanişlari natijasida Özbekiston flora dunyosida bir qança turlarning topilganligi va bu katta yutuq ekanligini ta'kidladi. Lekin Botanika boğidagi turli mato boğlangan daraxtlar ahvoli, boğ hududida nazoratçilar yöqligi, eski issiqxonalar böş yotganligi va boşqa muammolar haqidagi savolga javob bermadi. 

Mötabar Xuşvaqtova