Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FAO O‘zbekistonda bioxilma-xillikni yaxshilash bo‘yicha loyihani amalga oshiradi
Rim shahrida O‘zbekiston va FAO o‘rtasida "Bioxilma-xillikni yaxshilash va o‘rmon xo‘jaligini barqaror boshqarish" mintaqaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolandi.
O‘zbekiston elchixonasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri birinchi o‘rinbosari Obid Qudratov va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori o‘rinbosari, Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Viorel Gutsu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Mamlakatda amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyiha doirasidagi keng ko‘lamli tadbirlar Orolbo‘yi mintaqasida "yashil" qoplamali maydonlar ko‘payishi va hududning barqaror rivojlanishiga ijobiy ta’sir qilayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvda bu boradagi sa’y-harakatlarni yanada jadallashtirish maqsadida "Bioxilma-xillikni yaxshilash va o‘rmon xo‘jaligini barqaror boshqarish" mintaqaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston va FAO o‘rtasida bitim imzolandi.
Mazkur loyiha doirasida uch yil davomida o‘rmon xo‘jaligi salohiyatini mustahkamlash, tadqiqotlar o‘tkazish, xalqaro ekspertlarni jalb etish, geoaxborot tizimlarini rivojlantirish, o‘rmon landshaftlarini tiklash bo‘yicha innovatsion g‘oya va takliflar ishlab chiqish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.
Ushbu loyiha, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlarida amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
18:54 / 06.12.2025
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
10:10 / 06.09.2024
Shavkat Mirziyoyev FAO bilan strategik sheriklik bo‘yicha dastur qabul qilish muhimligini ta’kidladi
14:32 / 04.09.2024
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbari O‘zbekistonga keladi
11:30 / 07.09.2023