Light | 11:38 / 27.05.2019
12758
6 daqiqa o‘qiladi

Hayotni yaxshi tomonga o‘zgartirishga xalaqit beruvchi so‘zlar

 

Foto: Layfxaker

Bu so‘zlar qo‘rquv, kuchsizlik, umidsizlikdan iborat va orzuni rad etishga majbur qiladi. Ulardan xalos bo‘ling.

Mitchel Xarper
Bigcommerce servisi asoschilaridan biri, CapitalHLabs studiyasi asoschisi.

Bu qanday so‘zlar?

Aqlni boshqarish – muvaffaqiyatning tarkibiy qismlaridan biri. Bu haqida ko‘p yozilgan. Biroq ularni hayotga tatbiq etishga qaraganda yozish va o‘qish osonroq.

Kulrang tusdagi hayotdan qoniqmaydigan har bir kishi so‘zlar bizga qay darajada kuchli ta'sir qilishini yaxshi anglashi lozim.

Siz qo‘llaydigan so‘zlar kim bo‘lishingiz, qayerda yakunlab, nimaga erishishingizni belgilaydi. Miyangizda doimiy ravishda aylanadigan gaplar muayyan oqibatlar keltiradi.

  • Men u qadar yaxshi emasman.
  • Men bunga loyiqmasman.
  • Menga hasad qilishsa-chi?

Ruhiyatingiz va rivojlanishingizga siz o‘ylagandan ko‘proq ta'sir qiluvchi so‘zlar mavjud. Siz ularni bilasiz, kuniga bir necha marta takrorlaysiz. Agar bu ikki so‘z bitta gapda yonma-yon qo‘llanilsa, qo‘rquv, xavotir, himoyasizlikni ishga tushiruvchi mexanizm sifatida ishlaydi. Ular nima qilsangiz ham sizni to‘xtatishga qodir. Hatto finish chizig‘iga bir qadam qolgan bo‘lsa ham. Mazkur so‘zlar quyidagilar:

Agar … bo‘lsa-chi?

  • Harakat qilsam-u, mag‘lubiyatga uchrasam nima bo‘ladi?
  • Qo‘limdan kelmasa-chi?
  • Bari rejadagidek bo‘lmasa-chi?
  • Buni istamasam-chi?
  • Turmush o‘rtog‘im/bolalarim/ota-onam buni ma'qullamasa-chi?
  • Sevgan insonim mendan ketib qolsa-chi?
  • Ustimdan kulishsa-chi?
  • Barini yo‘qotsam-chi?

Biznes boshlash, muvaffaqiyatsiz munosabatlarni yakunlash, boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tish, ishni o‘zgartirish, umuman biror narsaga erishish istagidagi har bir inson uchun «Agar … bo‘lsa-chi?» savoli eng dahshatli savol.

Yaxshi yangilik ham bor: eng yomon holatda siz bilan sodir bo‘ladigan vaziyatni tasavvur eta olsangiz, ertami, kechmi unga harakat qilasiz.

Harakatlar aynan yomon natija keltirishi haqida deyarli hech kim aytmaydi. Ko‘pincha to‘liq mag‘lubiyat shu darajada kamki (5 foizdan ozroq), uni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Odatda gap tanlovning xatari va qiymati haqida boradi.

Hech qanday chora ko‘rmaslik – bu ham yechim. Bor-yo‘g‘i maqsadga erishishni rad qilishga qaror berasiz.

Ularning ta'siridan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Sizga «agar, … bo‘lsa-chi» ta'sir qilmasligi uchun har bir qo‘rquvni uchta filtrdan o‘tkazish lozim. Ular o‘ylashga majbur qilib, nafaqat xatarlarni namoyish etadi, balki yo‘qotishlar sizni to‘xtatishni bas qilishi uchun ularni minimum darajaga yetkazadi.

Ularni misolda ko‘rib o‘tamiz. Masalan, siz yirik korporatsiyadagi issiq o‘rningizni tashlab, o‘z agentligingizni ochmoqchisiz.

Birinchi savol: «Qo‘limdan kelmasa nima bo‘ladi?»

  • Yangi ish topishga to‘g‘ri keladi.
  • Shtatni ishdan ketkazishga to‘g‘ri keladi.
  • Investorlarga pulni nimaga sarflaganimni tushuntirishim kerak bo‘ladi.
  • Hamkorga g‘oya ish bermaganligini tushuntirishim kerak bo‘ladi.

Ikkinchi savol: «Mag‘lubiyatga uchrashning real ehtimoli qanday?»

O‘ttiz foiz.

Uchinchi savol: «Mag‘lubiyatga uchrash ehtimolini kamaytirish uchun nima qilish kerak?»

  • Yangi ish topishga to‘g‘ri keladi. To‘lov qobiliyatiga ega ilk mijozlarni kutish uchun yarim yilga yetadigan moliyaviy yostiqcha yaratish kerak bo‘ladi.
  • Investorlarga pulni nimaga sarflaganimni tushuntirishim kerak bo‘ladi. Tejamkorlik rejimiga o‘tish va start uchun shaxsiy mablag‘dan foydalanish lozim.
  • Hamkorga g‘oya ish bermaganini tushuntirish lozim.
  • Xatarlarni oldindan tasavvur qiling. Ilk yarim yilda katta natijalarni kutish kerak emas.

G‘oya oddiy. Mag‘lubiyatga olib boradigan barcha sabablarni ko‘zdan kechiring. Har bir xatarni minimallashtiradigan reja o‘ylab toping. Xavotirlaringizni elementlarga ajratsangiz, reja uchun asosni shakllantira olasiz. Mazkur reja joriy holatda siz intilayotgan vaziyatga olib borishda yordam beradi.

Kelasi safar «agar, … bo‘lsa-chi» sizda qo‘rquv uyg‘otib, to‘xtashga majbur qilayotgan bo‘lsa, tanaffus qiling. Barcha qo‘rquvlaringizni qog‘ozga yozing, mag‘lubiyat (muvaffaqiyatni ham) ehtimolini real baholang va xatarni kamaytirish bo‘yicha reja tuzing.

Ana endi qo‘lingizda eng jasur orzular sandig‘ining kalitini tanlash imkonini beruvchi chizma bor. U sizni kelajakka olib boradi. Albatta, muvaffaqiyatli bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq, sizningcha, qaysi savol dunyodagi eng yomon savol bo‘ladi?

O‘ylagan ishim amalga oshganida nima bo‘lardi?

Amalga oshirmaganlikni o‘ylab afsus chekish natijadan xavotirlanishga qaraganda yuz marta yomonroq. Hatto mag‘lubiyatdan keyingi afsusdan ham yomon. Nimani o‘ylagan bo‘lsangiz, albatta harakat qilib ko‘ring. Aks holda bir necha tomchi xatarni qo‘shish orqali betakror bo‘ladigan, ammo hozirda zerikarli hayotingizni eslab, achinishingizga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid