O‘zingizda hamma narsani vaqtida bajarish, aytilgan joyga o‘z vaqtida kelish ko‘nikmasini tarbiyalash uchun soatingizni tekshiring, rag‘bat toping va atrofdagi odamlar haqida o‘ylang.

  1. Soatlaringiz soni ko‘proq bo‘lsin

Smartfondagi soatning o‘ziga ishonishning o‘zi ish bermaydi. Kech qoluvchilarning muammosi – vaqtni noto‘g‘ri tushunish. Shuning uchun undagi ma'lumotni tez-tez almashtirish lozim.

Har bir xona devoriga soat osing, qo‘lingizga ham taqib oling. Muayyan vaqtda signal beradigan qurilmalar ham o‘z vaqtida yetib borish uchun yaxshi vosita. Masalan, ishga soat to‘qqizda yetib borish uchun soat sakkizda uydan chiqishingiz kerak. Soat sakkiz bo‘lganida oyoq kiyimni kiyib, uydan chiqishingiz kerakligini tushunishingiz lozim.

Foto: Unsplash
  1. Soatni bir necha daqiqa oldinga sozlang

Surunkali kechikadiganlar uchun bu befoyda maslahat. Axir soatingiz qancha orqada qolishini bilasiz-ku, shuning uchun ham yakuniy natijaga ta'sir qilmaydi. Ayniqsa odatda besh daqiqaga emas, 40 daqiqa kechikadigan bo‘lsangiz.

Hatto besh daqiqaga ham kechikishni istamaydigan mas'uliyatli kishilar uchun esa mazkur layfxak yaxshi ish beradi.

  1. Kundalik ishlar qancha vaqt olishini qayd eting

Vaqtni to‘g‘ri baholay olmaslik kechikadiganlarga xos. Besh daqiqada dush qabul qilish, tishlarni yuvish va sochni tarashga ulgurish mumkindek tuyuladi. Aslida dushda o‘n daqiqa vaqt ketkazasiz. Natijada vaqt yeldek o‘tadi, vaziyat esa nazoratdan chiqib ketadi.

Kundalik ishlar qancha vaqt olishini aniq bilishingiz kerak. Bu esa qancha vaqt oldin otlanishni hisoblashda yordam beradi.

  1. Kutilmagan holatlar uchun vaqt qoldiring

Hayot ideal emas. Svetofor qizil bo‘ladi, paypoq va bog‘ichlar uziladi, kalitlar yo‘qoladi va hatto ishonchli metro poyezdi ham tunelda qolib ketadi. Kutilmagan vaziyatlarni biror yerga otlanish vaqtida albatta hisobga oling.

  1. Oldinroq kelishni rejalashtiring

Aniqlik – qirollarga xos xususiyat, biroq biz Buyuk Britaniyada emasmiz. Aniq soat va daqiqalarda kelishga harakat qilish shart emas. Aniq vaqtga emas, belgilangan vaqtdan 15 daqiqa oldin kelishga harakat qiling. Ana o‘shanda kechikmaslik ehtimoli ortadi.