Patagoniya And toğliklari bilan bir qatorda Janubiy Amerikadagi aholi eng kam joylaşgan yerlardan sanaladi. Murakkab toğ relefi va yumşoq bölmagan iqlimi sabab bu yerda aholi ziçligi past va infratuzilma deyarli rivojlanmagan. Faunaning xilma-xilligi ham u qadar katta emas. Axir bunday geografik şaroitlarda hamma ham jon saqlolmaydi-da. Biroq Patagoniyada katta muzliklar ançagina. Ular olimlarda Yerda sodir bölayotgan iqlim özgarişlari indikatori sifatida katta qiziqiş uyğotadi.

Foto: TravelAsk

Patagoniya – dunyo miqyosidagi kuçli muzlaş markazi. Bu yerda Upsala, Perito-Moreno, Spegatssini kabi bir neça yirik muzliklar töplangan. Birgina Los-Glasyares boği çegarasida deyarli 50 ta muzlik joylaşgan. Mazkur jonsiz muz töplamiga qaraganingizda global isiş ularga tahdid solmayotgandek tuyuladi. Biroq bu aldamçi taassurot, sayyoradagi iqlim özgarişlarini bu yerda ham his etiş mumkin.

Foto: TravelAsk

Patagoniya muzliklarini ekspeditsiya davomida nafaqat glyatsiologlar, balki XKS bortidagi kosmonavtlar ham kuzatişadi. Masalan, «Uragan» nomli dastur doirasida Rossiya segmentida atrof-muhit holati, jumladan, Patagoniya muzliklari böyiça ham kompleks kuzatuvlar olib boriladi. Mazkur hududga boriş oson bölmagani hisobga olinib, orbitadagi kuzatuvlar muzliklar massivlarini kuzatişdagi böş joylarni töldiradi va XKSning uşbu hudud ustidan muntazam uçib ötişi sabab töliq suratni beradi.

Foto: TravelAsk

«Uragan» dasturi doirasida olib borilgan kuzatuvlarga köra, Patagoniya muzliklari sayyoraning boşqa yerlarida bölgani kabi sönggi ön yillikda qisqarib bormoqda. Masalan, Upsala muzligi yirik aysberglarni yetkazib beruvçi sanaladi, biroq uning maydoni har yili tobora qisqarmoqda. Afsuski, hatto bu qadar şafqatsiz iqlim, doimiy ravişda esuvçi şamol ham Patagoniya muzliklarini asta-sekin erişdan himoya qilişga qodir emas.