Grenlandiyadagi yirik muzliklarning qisqarişi yangi sunʼiy yöldoş tasvirlarida yaqqol körindi. Xususan, orolning şimoli-ğarbida joylaşgan Petermann muzligining okean ustida suzib turgan ulkan qismi parçalangan.
Petermann muzligi Grenlandiya muz qalqonini Şimoliy Muz okeani bilan boğlab turadi. Uning dengiz ustida suzib turgan va «muz tili» deb ataladigan qismi avval taxminan 70 kilometr uzunlik va 15 kilometr kenglikka ega bölgan.

Biroq 2026-yil avgust oyida Yevropa Copernicus dasturining Sentinel-1 sunʼiy yöldoşi tomonidan olingan yangi tasvirlar muzlikning uşbu qismida jiddiy parçalaniş yuz berganini körsatdi.
Kuzatuvlarga köra, Petermann muzligining «muz tili»dan maydoni qariyb 76 kvadrat kilometr bölgan muz bölagi ajralib ketgan.
Bu Petermann muzligida 2012-yildan beri qayd etilgan suzuvçi muzning eng yirik yöqotilişi hisoblanadi. Şuningdek, manbada bu 2020-yildan buyon Arktikada kuzatilgan eng yirik muz ajralişi ekani qayd etilgan.
Özgarişlar kosmosdan kuzatilmoqda
Olimlar Grenlandiya va Arktikadagi muzliklarda sodir bölayotgan özgarişlarni sunʼiy yöldoşlar yordamida muntazam kuzatib bormoqda.
Yevropa kosmik agentligi - ESA olimi Martin Ueringning taʼkidlaşiça, Sentinel-1 singari sunʼiy yöldoş missiyalari muzliklardagi özgarişlarni uzoq muddat davomida tizimli ravişda kuzatiş imkonini beradi.
Uning sözlariga köra, bunday maʼlumotlar olimlarga muzning ajralib ketişiga olib keladigan jarayonlarni yaxşiroq tuşunişga yordam beradi. Şu bilan birga, uşbu jarayonlarning qutb hududlari va umuman Yer iqlim tizimiga taʼsirini örganiş imkonini yaratadi.
Sentinel-1 radiolokatsion kuzatuv olib borgani sababli qutb hududlarini bulutli ob-havoda va qoronğu şaroitda ham kuzatiş imkonini beradi. Bu esa Arktika kabi şaroit tez özgaradigan hududlarda muzliklarni muntazam nazorat qiliş uçun muhim ahamiyatga ega.

















