Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Maxsus musiqiy texnik uskunalar bilan jihozlangan “Avtoklub” faoliyatini taşkil etiş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Andijon va Navoiy viloyatlarida tajriba loyihasi sifatida qöllangan maxsus musiqiy texnik uskunalar bilan jihozlangan “Avtoklub”lar tomonidan amalga oşirilgan işlar töğrisidagi axborot ma'lumot uçun keltirilgan.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpoğiston Respublikasi viloyatlar va Toşkent şahrida “Avtoklub” madaniy xizmatlar körsatişni taşkil etiş böyiça taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar (Andijon va Navoiy viloyatlaridan taşqari) va Toşkent şahriga 1 donadan Isuzu SAZ NP 26 maxsus musiqiy texnik uskunalar bilan jihozlangan 12 ta “Avtoklub” transport vositalari ajratiladi.

Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maxsus musiqiy texnik uskunalar bilan jihozlangan “Avtoklub” transport vositalarini xarid qiliş uçun respublika budjeti hisobidan mablağlar ajratilişini ta'minlaydi.

“Özavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvçi “Sam Avto” MÇJ 12 dona Isuzu SAZ NP 26 rusumli avtobuslarga örnatilgan tartibda şartnoma tuziş va moliyalaştirilgandan söng, işlab çiqarib yetkazib berişni ta'minlaydi.

Toşkent şahridagi Turin politexnika universiteti Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim etilgan texnik topşiriqlar asosida transport vositalarini zamon talablariga mos ravişda jihozlaş işlarini amalga oşiradi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

maxsus texnik uskunalar bilan jihozlangan “Avtoklub” transport vositalarini joylarga yetkazişni ta'minlaydi.

“Avtoklub” faoliyatini tartibga soluvçi nizomni işlab çiqib tasdiqlaydi hamda örnatilgan tartibda Adliya vazirligidan röyxatdan ötkazadi.