Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududlari «Avtoklub»lar bilan ta'minlanadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Respublikaning chekka va olis hududlarida madaniy-ma'rifiy xizmatlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida hududlarni “Avtoklub"lar bilan ta'minlashga oid”gi hujjat loyihasi joylashtirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Andijon va Navoiy viloyatlarida tajriba loyihasi sifatida qo‘llangan maxsus musiqiy texnik uskunalar bilan jihozlangan “Avtoklub”lar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot bergan.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Avtoklub” madaniy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar (Andijon va Navoiy viloyatlaridan tashqari) va Toshkent shahriga 1 tadan “ISUZU SAZ NP 26” maxsus musiqiy texnik uskunalar bilan jihozlangan 12 ta “Avtoklub” transport vositalari ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maxsus musiqiy texnik uskunalar bilan jihozlangan “Avtoklub” transport vositalarini xarid qilish uchun respublika budjeti hisobidan mablag‘lar ajratilishini ta'minlaydi.
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati o‘rnatilgan tartibda 12 ta “ISUZU SAZ NP 26” transport vositalarini ajratadi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Madaniyat vazirligi tomonidan taqdim etilgan texnik topshiriqlar asosida transport vositalarini zamon talablariga mos ravishda jihozlash ishlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
maxsus texnik uskunalar bilan jihozlangan “Avtoklub” transport vositalarini joylarga yetkazishni ta'minlaydi;
“Avtoklub” faoliyatini tartibga soluvchi nizomni ishlab chiqib tasdiqlaydi hamda o‘rnatilgan tartibda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Madaniyat vazirligi bilan kelishgan holda “Avtoklub”lardan kelgusida samarali foydalanish, mamlakatning chekka hududlarida madaniy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va uni amalga oshirishni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
21:54 / 21.04.2026
“Soliq to‘lamayman deyishga or qilish kerak” - madaniyat vaziri
20:28 / 12.01.2026
Antikorrupsiya agentligi hukumatdan Ozodbek Nazarbekovga chora ko‘rishni so‘radi
07:32 / 19.08.2025