Andijon şahridagi “Xolis” savdo kompleksi viloyat markazidagi har kuni iş olib boruvçi va eng gavjum bozorlardan biri. Bu yerda asosan kiyim-keçak, maişiy texnika va rözğor uçun zarur bölgan turli buyumlar sotiladi. Umumiy maydoni 1,8 gektar. Hujjatlarga köra, kompleksda 560ta turğun savdo şoxobçalari faoliyat yuritadi.


13 iyun kuni “Xolis”da savdo qiluvçi tadbirkorlar bozorning 10 kun muddatga yopilişi va majmuada tekşirişlar davomida aniqlangan kamçiliklar bartaraf qilingaç, qayta oçilişi haqida ogohlantirildilar.
Bozorga şahar hokimi boşçiligidagi işçi guruh kelib, savdo bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar bilan suhbat ötkazdi. Savdo majmuasi maydonçasida mutasaddilar bozorning nega ön kunga yopilişi haqida tuşunça berib ötişdi.

Tabiyki, bozorning vaqtinça yopilişi haqidagi xabar savdogarlar noroziligiga sabab bölmoqda. Çunki “Xolis” bozorida 1500ga yaqin dökonçilar faoliyat yuritadi. Ularning oilalari tirikçilik manbai mana şu dökonlardagi savdodan.
Andijon şahar hokimligi bizga “Xolis” bozori faoliyatining töxtab turişi sabablari böyiça ma'lumotlarni taqdim qildi.
Şahar hokimi tomonidan 10 iyun kuni “Andijon şahar “Xolis” MÇJga qaraşli Andijon şahar Bobur şoh köçasi 28-manzilda joylaşgan savdo kompleksi faoliyatini töxtatib turiş töğrisida”gi 407-Q qarorini qabul qilingan. Unda Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 avgust kungi 315-sonli hamda 2012 yil 23 avgustdagi 253-sonli qarorlari talablari ijrosini ta'minlaş maqsadida Andijon viloyati hokimligi işçi guruhining “Xolis” savdo kompleksida ötkazgan örganişi taqdimnomasiga asosan qaror qabul qilinganligi ta'kidlanadi.

Qarorda örganiş davomida aniqlangan qonun buziliş holatlari bartaraf etilgunga qadar “Xolis” savdo kompleksi faoliyatini 10 kunga qadar töxtatib turişi, MÇJ rahbariga aniqlangan qonun buzilişlarini bartaraf etiş çoralarini köriş belgilab qöyilgan. Bundan taşqari, hujjatda savdo kompleksi hududida faoliyat yurituvçi yuridik va jismoniy şaxslar örtasida tuşunmovçilik, norozilik va boşqa salbiy holatlar kelib çiqmasligi uçun tuşuntiriş profilaktika işlarini olib boriş uçun işçi guruh tuzilişi ham qayd etilgan. Işçi guruh rahbari A. Hoşimovga tadbirkorlarga qaror mohiyatini tuşuntiriş bilan birgalikda, tadbirkorlarga ön kun davomida savdo bilan şuğullanişni hududga yaqin bölgan boşqa bozorlarda davom ettiriş uçun zarur bölgan çoralarni köriş yuklatilgan.


Viloyat hokimligi guruhi tomonidan yozilgan taqdimnomada bozor binosida arxitektura talablariga rioya qilinmayotganligi, sanitar-gigiyenik, yonğin xavfsizligi böyiça turli kamçiliklar, soliq tuşumi böyiça salbiy holatlar aniqlangani bayon etilganligini kördik.
Taqdimnomada “Xolis” MÇJ tomonidan yöl qöyilayotgan bir qator kamçiliklar ham körsatib ötilgan.
Tadbirkorlar nimadan xavotirda?
Yuqorida keltirganimizdek, “Xolis” bozorida mingdan ziyod kişi faoliyat yuritadi. Bugun şahar hokimi boşçiligidagi guruh bozorga kelib, uçraşuv ötkazib, tadbirkorlarga uşbu yangilikni yetkazdi. Mutasaddilarga juda köp savollar berildi. Javoblar tadbirkorlarni qoniqtirmagani aniq. Ular bozorni ta'mir qiliş va yangilaş işlari olib boriladigan bölsa tadbirkorlarni birdaniga çiqarib yubormay, bosqiçma-bosqiç olib borilişi kerakligini söraşyapti. Köpi esa bozordan çiqarib yuborilgaç, qaytib kiritilmasligidan xavotirda.

“Bizga ön kun davomida “Yangi bozor” va “Uzum bozori”da şaroit yaratilib, savdo qilib turişimiz aytilmoqda. Lekin har ikkala bozordagi dökonlarni sotib olgan öz egalari bor. Bu biz uçun savdo qilgani joy yöq, degani. “Xolis” bozorimizda şunça kamçilik bor ekan, şu paytgaça birin-ketin hal qilib yurişsa bölmasmidi? Hozir rosa boşimiz qotdi”, deydi bozorda kiyim-keçak savdosi bilan şuğullanuvçi, özini Akmaljon deb taniştirgan tadbirkor.


“Bozor ta'mirlanişiga ön kun vaqt yetarmikin? Oldimizdagi maşinalar qöyiş maydonçasida savdo qilişga ruxsat berişsa yaxşi bölardi. Tirikçilik ötkazib turardik. Şahar mutasaddilari bilan muzokaralar oxiriga yetmadi”, deydi yana bir sotuvçi ayol.
Andijonning “Yangi şahar” hududidagi “Uzum bozor” savdo kompleksi köp yillar oldin qurilgan bölsa-da, savdo yurmay kimsasiz joyga aylangan. “Xolis” bozoridagi tadbirkorlarning aytişlariça, böş turgani bilan u yerga borib savdo boşlansa, har bir dökonning egalari yetib keladi.
Ötgan yillarda buzilgan “Yangi bozor” dehqon bozori örnida qad kötargan yangi qurilib, foydalanişga topşirilişi közda tutilayotgan “Bozor” savdo majmuasi asosan oziq-ovqat va qişloq xöjaligi mahsulotlariga moslaşgan va u yerda ortiqça joy yöq.
Şahar hokimligi qarorida “Xolis” savdo kompleksi faoliyati 10 kun davomida töxtatib turilişi qayd etilgan. Işçi guruh tadbirkorlarga xavotirga örin yöqligini savdo kompleksi muddat oraliğida işga tuşişini bildirmoqda.
KUN.UZ voqealar rivojini kuzatib boradi.
Elmurod Ermatov, Andijon









