Kun.uz muxbiri bilan gaplaşgan bir neça manba şahar prokurori bir neça kundan buyon işga çiqmayotgani, şahar hokimligida ötkazilayotgan yiğilişlarda ham iştirok etmayotganini aytişmoqda. Prokuratura organlaridagi manba Qurbonali Asqarov 18 may kuni keçki payt xonasidan narsalarini yiğiştirib çiqib ketganini ma'lum qilgan.
Qolaversa, Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonov tomonidan viloyatda yoşlar forumini ötkaziş böyiça taşkil etilgan yiğilişda hamma tuman va şaharlarning sektor rahbarlari töliq iştirok etgani, faqatgina Qurbonali Asqarov uşbu yiğilişda qatnaşmagan.
Hokim va noqulay deputat işi. Andijon şahar kengaşi deputati nega daxlsizlikdan mahrum qilindi?
Kun.uz mazkur holat yuzasidan izoh sörab, Andijon viloyat prokurorining OAV bilan hamkorlik qilişga mas'ul 22-tarmoq böyiça katta yordamçisi Ilhom Mahmudov bilan boğlandi.
“Hozir Toşkentda bir haftalik öqişdaman. Şu sababli boşqa xodim vazifani bajarib turibdi. Siz söragan masalada bugungi kun holati böyiça ma'lumot yöq”, deydi Ilhom Mahmudov.
Özbekiston boş prokurori matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov ayni paytda Andijondagi sessiyada sodir bölgan voqea prokuratura tomonidan örganilayotganini ma'lum qildi.
“Unday gap yöq. Ayni paytda yuz bergan holat yuqori turuvçi prokuratura organi tomonidan örganib çiqilmoqda. Örganiş natijasiga köra, Andijon şahar prokurorining harakatlariga huquqiy baho beriladi. Ayni paytda u rasman lavozimidan ozod qilinmagan”, deya Hayot Şamsuddinovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Andijon şahar hokimining yer ajratiş haqidagi noqonuniy qarori bekor qilindi. Bu birinçi marta emas
Boş prokuratura tomonidan 20 may kuni e'lon qilingan rasmiy bayonotda Andijon şahar prokuraturasi tomonidan “Alliance R.C.” MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 228 va 229-moddalari bilan 2021 yil 3 mart kuni qözğatilgan jinoyat işi tergovi davomida MÇJning rahbari hisoblangan Ş.K. xalq deputatlari Andijon şahar kengaşi deputati ekanligi aniqlangani, töplangan hujjatlarga köra, deputatni ayblaş uçun asoslar yetarli, deb topilib, 2021 yil 6 may kuni şahar prokurori tomonidan xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşiga deputatlik maqomidan mahrum qiliş haqida taqdimnoma kiritilgani keltiriladi.
“Andijon şahar hokimining 2017 yil 15 iyuldagi qarori bilan“Alliance R.C.” MÇJga Andijon şahar, Böston dahasi. U.Yusupov köçasida joylaşgan 4 gektar yer maydoni köp qavatli aholi turar joy binolari, kottej tipidagi turar joylar, savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari, issiqxonalar, umumiy ovqatlaniş va çoyxona binolari quriş hamda mevali boğ yaratiş uçun ajratilgan. Biroq “Alliance R.C.” MÇJ mansabdor şaxslari yer va şaharsozlikka oid qonun va me'yoriy hujjatlarning talablariga amal qilmasdan özboşimçalik bilan quriliş işlarini boşlagan.
Şu bilan birga, quriliş işlarini loyihalaş va ruxsatnomalar oliş uçun asos hisoblangan “Arxitektura me'moriy rejalaştiriş topşiriği”ni soxtalaştirib, hokim qarorida körsatilgan 4 gektar yer maydoniga qöşimça ravişda yana 6 gektar yer maydonini qöşib olib, jami 10 gektar yer maydoniga qalbaki topografik çizma tayyorlaşga erişgan.
Buning oqibatida mazkur 6 gektar yer maydoni doirasida şahar hokimining qarorlariga asosan yer uçastkalari ajratilgan tadbirkor hamda bir neçta fuqarolarning yerdan foydalaniş huquqlari buzilgan.
Bundan taşqari, özboşimçalik bilan egallab olinib, noqonuniy quriliş qilingan 0.36 gektar yer maydonlarini elektron auksion savdolarida sotiş imkoniyati yöqotilgan va davlat budjetiga 190,8 mln. söm miqdorda zarar yetkazilgan.
Tergov harakatlari davomida “Alliance R.C.” MÇJning rahbari hisoblangan Ş.K. xalq deputatlari Andijon şahar kengaşi deputati ekanligi aniqlangan. Töplangan hujjatlarga köra, deputat Ş.K.ni ayblaş uçun asoslar yetarli deb topilib, 2021 yil 6 may kuni şahar prokurori tomonidan xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşiga deputatlik maqomidan mahrum qiliş haqida taqdimnoma kiritilgan.
Taqdimnoma 2021 yil 17 may kuni xalq deputatlari Andijon şahar Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida körib çiqilib, Ş.K.ning deputatlik maqomi bekor qilingan.
Iş böyiça tergov harakatlarini har tomonlama, töla va xolisona ötkazilişini ta'minlaş maqsadida jinoyat işi Izboskan tumani prokuraturasiga topşirilgan.
Şu örinda ta'kidlaş joizki, qonunçilikda tergov harakatlariga aralaşiş, ya'ni uni har tomonlama, töla va xolisona ötkazilişiga tösqinlik qiliş maqsadida suriştiruvçi, tergovçi yoki prokurorga turli şaklda qonunga xilof ravişda ta'sir ötkazganlik uçun tegişli javobgarlik belgilangan.
Şuningdek, amaldagi qonunçilikda quyi turuvçi prokurorga körsatmalar beriş yoxud uning har qanday, şu jumladan, protsessual qarorini özgartiriş yoki bekor qiliş, prokurorlar işlarining töğri taşkil etilişi faqat yuqori turuvçi prokuror tomonidan amalga oşirilişi qat'iy mustahkamlangan” deyiladi rasmiy bayonotda.
Deputatni tintuv qiliş noqonuniy – Adliya vazirligi
Eslatib ötamiz, 17 may kuni bölib ötgan sessiyaga kirişdan olgan barça deputatlar telefon va ovoz yoziş moslamalari olib qöyilib, sessiya iştirokçilari Milliy gvardiya xodimlari tomonidan tintuv qilingan edi. Sessiyada şahar hokimining noqonuniy qarorlariga qarşi çiqayotgan va Andijon şahar prokurorini attestatsiyadan ötkazişni talab qilgan deputat Şuhratbek Karimov şahar prokurori taqdimnomasiga asosan, köpçilik ovoz bilan daxlsizlik huquqidan mahrum etilgan.
Yuz bergan voqea bir neça kundan buyon muhokamalar markazida bölib turibdi. Mazkur holat yuzasidan vakolatli organlar hamda deputatlar salbiy fikr bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi prokurorning bunday harakatini «oqlab bölmasligi»ni, u birinçi navbatda korrupsiya holati haqida xabar bergan şaxsni himoya qilişi kerakligini ta'kidlagan bölsa, Adliya vazirligi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va şahar kengaşi deputatining maqomi töğrisida”gi qonunga köra, har bir deputatga öz vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oşirişi uçun şart-şaroit kafolatlanişi, uning huquqlari, şa'ni va qadr-qimmati muhofaza qilinişi, deputatning şa'ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan şaxslar qonunga muvofiq ma'muriy, jinoiy yoki özgaça tarzda javobgar bölişi, deputatlik vakolatlarini amalga oşirişiga tösqinlik qiliş maqsadida deputatga qanday tarzda bölmasin ta'sir körsatişga yöl qöyilmasligi, deputat oldidagi öz vazifalarini bajarmaydigan, uning işiga tösqinlik qiladigan, bila turib unga yolğon axborot beradigan, deputat faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor şaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bölişini eslatgan.
Mazkur holat Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga kömaklaşuvçi komissiyasi tomonidan nazoratga olingan.
Kun.uz muxbiri bilan suhbatda deputat Jahongir Jiyanov prokuraturaning sessiya kun tartibiga masala kiritişga qonuniy vakolati yöqligi, sessiyada kuçişlatar tuzilmalar vakillari iştirok etişi, deputatlarning sessiyaga kirişdan oldin tintuv qilinişi mumkin emasligini ta'kidlagan bölsa, daxlsizlik huquqidan mahrum qilingan deputat Şuhratbek Karimov sessiya töliq şahar hokimining ssenariysi asosida ötganini aytgandi.












