17 iyun kuni Qurolli Kuçlar Boş ştabi tomonidan Şarqiy harbiy okrugda joylaşgan Farğona garnizonidagi harbiy qismlardan birida inspeksiya tekşiruvi maşğulotlari boşlandi. Tekşiruvdan asosiy maqsad bölinmalarning jangovar şayligini tekşirişga qaratilgan.

Maşğulotlarning birinçi kunida şaxsiy tarkib hamda harbiy texnikalarning jangovar şayligi tekşirildi. Unda harbiy xizmatçilarning taşqi körinişi, qurol-aslahalari, safar anjomlari, saf körigi va saf qöşiqlarini aytib yurişiga baho berildi.

Tekşiruvlarda harbiy qism va yurt posbonlarining jangovar tayyorgarlik holatini har tomonlama nazoratdan ötkazişga urğu berilmoqda. Farğona garnizonidagi jangovar texnikalar va harbiy avtomobilalar sozligi, texnik nosozlik vujudga kelganda uni bartaraf etişda kerak böladigan zaxira asbob-anjomlari butligi ham közdan keçirildi.

Şuningdek, Farğona garnizonida bölinmalarning jangovar tayyorgarligini tekşiriş maşğulotlarida harbiy xizmatçilar harbiy topografiya va jismoniy tayyorgarlik böyiça sinovlarni topşirişdi. Şuningdek, barça toifadagi bölinma komandirlarining nazariy va amaliy bilimlarini tekşiriş boşlandi.



Maşğulotlarining keyingi bosqiçlarida yurt qalqonlarining taktik va maxsus tayyorgarligi, ommaviy qirğin qurollaridan himoyalaniş, guruh va ötoçar qurollardan nişonlarga öq otiş böyiça könikmalarini sinovdan ötkaziş rejalaştirilgan.









